2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 27 iyunь kuni “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish, aholi punktlarini obod maskanlarga aylantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 29 martdagi farmoniga muvofiq qabul qilingan “Obod qishloq” dasturi doirasida joriy yilda 159 ta tumandagi 386 ta qishloqda qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu qishloqlarda 142 mingta yakka tartibdagi uy va mingdan ziyod ko‘p qavatli uy, 3 ming kilometr yo‘llarni ta’mirlash, 2,5 ming kilometr elektr energiyasi, 2 ming kilometr ichimlik suv tarmoqlarini qurish va qayta tiklash, 2 ming 400 ta bozor va boshqa infratuzilma ob’ektlari qurish belgilab olingan.

Bundan tashqari, 388 ta umumta’lim maktabi, 313 ta bog‘cha, 168 ta tibbiyot muassasasi, 38 ta mahalla binosi va boshqa ijtimoiy soha ob’ekti qurish va ta’mirlash rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda bu borada bajarilgan ishlar tahlil qilinib, galdagi muhim vazifalar belgilab berildi. 

Hududlarga qurilish materiallarini uzluksiz va etarli miqdorda etkazib berish, qishloqlarda shunday mahsulotlar do‘konlarini tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Bu belgilangan tadbirlarning sifatli va muddatida bajarilishini ta’minlab, qurilish ishlari narxi oshib ketishining oldini oladi. 

Dasturga qo‘shimcha ravishda kiritilgan qishloqlarning bosh rejasini ishlab chiqish, zarur mablag‘larni shakllantirish, qishloqlarga investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bunday tarmoqlarni qurish va ta’mirlashni jadallashtirish, shuningdek, yo‘llar, elektr va tabiiy gaz tizimlarini ta’mirlash zarurligi ta’kidlandi.

Qishloqlarda ta’lim va tibbiyot muassasalari, savdo va maishiy xizmat ob’ektlari qurish, kichik tsexlar tashkil etish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.

Ma’lumki, Prezident Shavkat Mirziyoev shu yil 4 iyunь kuni Chilonzor tumanidagi “Xirmontepa” va “Tirsakobod” mahallalarida bo‘lganida “Obod mahalla” dasturi loyihasini shakllantirish bo‘yicha topshiriq bergan edi. 

Bugungi kunda tajriba sifatida Toshkent shahrining 11 ta tumani va yurtimizdagi 30 ta shaharda 1 tadan mahalla hududida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. O‘tgan qisqa vaqtda ushbu 41 ta mahallada 72 milliard so‘mlik ishlar bajarilgan.

Bu boradagi ijobiy tajribani va aholi xohish-istaklarini inobatga olib, “Obod mahalla” dasturi qabul qilindi.

Ushbu dasturga muvofiq joriy yilda har bir shaharda kamida 2 tadan va 2022 yilgacha har yili kamida 3 tadan mahalla qiyofasi tubdan yangilanadi. Ichimlik suvi, elektr va tabiiy gaz, kanalizatsiya tarmoqlarida qurilish-ta’mirlash, sizot suvlari sathini pasaytirish ishlari olib boriladi. Shuningdek, 5  ming 607 kilometr ichki yo‘llar, 369 ta ijtimoiy soha ob’ektini ta’mirlash, 969 ta bozor infratuzilmasi ob’ekti va servis shoxobchalari barpo etish mo‘ljallangan. Buning uchun mahalliy hokimliklar huzurida “Obod mahalla” jamg‘armalari tuziladi.

– “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish islohotlarimiz orasida eng muhim o‘rinlardan birini egallaydi. Chunki xalqimiz oldida ularning muammolarini hal etish, turmush kechirish sharoiti va hayoti sifatini yaxshilash bo‘yicha majburiyat olganmiz, dedi Shavkat Mirziyoev. 

Prezident mazkur dasturlar doirasidagi qurilish va obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

28.06.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar