2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Orzusi ushalgan oilalar....

Farg‘onada uy-joyga muhtoj, ehtiyojmand oilalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga yangi uylarning kalitlari tantanali topshirildi.

Inson manfaati hamma narsadan ustun va uning sha’ni oliy qadriyat. Shunga muvofiq yurtimizda ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga mehr-muruvvat, g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. O‘tgan yilda viloyatda aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamini himoyalashga qaratilgan ezgu islohotlar natijasida ko‘plab oilalar o‘z uyiga ega bo‘ldi, joriy yilda ham bu ishlar davom etmoqda.

 

Qo‘shtepa tumanidagi “Xumdon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi ko‘p qavatli uy qad rostladi. Bu zamonaviy va barcha qulayliklarga ega uydan og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 10 nafar onalar hamda nogironligi belgilangan 3 nafar fuqarolarga xonadonlar berildi.

 

Uy-joylarni tantanali topshirish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev ishtirok etib, xonadon egalariga uy kalitlarini topshirdi.

 

– Bugun oilamiz a’zolari uchun eng quvonchli kun, – deydi “Nurafshon” mahallasida yashovchi Nargizaxon Tojiboeva. – Barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yorug‘ va shinam uyga ko‘chib keldik. O‘z uying bo‘lgani qanday yaxshi. Farzandlarimiz, bizga qo‘shni bo‘lgan xotin-qizlarning hammalari bugun duodalar. Davlatimiz, Prezidentimiz g‘amxo‘rligi tufayli shunday shinam uylik bo‘ldik. Hammasi uchun rahmat!

 

Shuningdek, tumanning B.Marg‘iloniy ko‘chasida yashagan Olimaxon Kenjaeva, Barkamollik ko‘chasi 13-uyda istiqomat qilgan Gulnoza Yunusova, Baxt ko‘chasidan Ro‘zixon Isomiddinovalar ham o‘zlarining dil so‘zlarini yashira olmadi. Yurtimizga tinchlik tilagan holda doim xalq farovonligi yo‘lida olib borilayotgan islohotlarda faol ishtirok etishlarini aytdi.

 

Viloyat hokimi Sh.G‘aniev shu yerda mahalla aholisi va yoshlari bilan uchrashib, ular bilan muloqot qildi. Muloqot chog‘ida aholi tomonidan turli masalalarda o‘ndan ortiq murojaat bo‘lib, ularning aksariyati shu yerda hal etildi.

21.02.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati

Foydali resurslar