2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaat: muammo, yechim va masʼuliyat

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasiga 2019-yilda jismoniy va yuridik shaxslardan 1 ming 73 ta murojaat kelib tushgan.

2018-yilda esa murojaatlar soni 890 tani tashkil etgan edi. Bu bir tarafdan fuqarolarning davlat xizmatlariga boʻlgan ishonchi ortib borayotganidan darak bersa, boshqa tarafdan sohada yechimini kutayotgan tizimli muammolar mavjud ekanligini ham koʻrsatadi.

“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”. Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari ushbu gʻoyani amalga oshirish maqsadida faoliyatida hamisha ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilishni maqsad qilgan.

Aholi bilan ochiq muloqot olib borish, ularning murojaatlarini qanoatlantirish, qiynayotgan muammolarni hal etish, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonidagi faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash fuqarolarning davlatimizga va olib borilayotgan islohotlarga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Viloyat davlat xizmatlari boshqarmasi mutaxassislari tomonidan murojaatlarni doimiy tahlil qilish hamda ularning oʻz muddatida ijro etilishi nazoratga olinganligi bois, bir qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga imkon yaratilmoqda.

Jumladan, oʻtgan yili jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yoʻllangan murojaatlarning 1 ming 25 tasi koʻrib chiqildi. Ularning 268 tasi qanoatlantirilgan boʻlsa, 757 fuqaroning murojaatiga huquqiy tushuntirish berildi. Murojaatlar oʻrganilganda, ularning aksariyati oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish hamda bolalarni maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish masalalariga oid ekani aniqlandi.

Xususan, Quyi Chirchiq tumani, “Koʻksaroy” mahalla fuqarolar yigʻini Uyali koʻchasi 50-uyda istiqomat qiluvchi D.Usmonov va Qibray tumani “Taraqqiyot” mahallasi M.Bobur 2-tor koʻchasi 6-uyda istiqomat qiluvchi Z.Ziyaviddinovlarning oʻzboshimchalik bilan qurilgan uy-joyga mulk huquqini eʼtirof etishda amaliy yordam koʻrsatishni soʻrab qilgan murojaati oʻrganib chiqildi. Mazkur murojaatlar oʻz vaqtida qanoatlantirilib, mulkka nisbatan egalikni belgilash toʻgʻrisidagi tuman hokimining qarorini tuman davlat xizmatlari markazi orqali olishi mumkinligi fuqarolarga tushuntirildi.

Nurafshon shahar Yangihayot qoʻrgʻoni Toshkent yoʻli koʻchasi, 30-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro N.Siddiqovaning murojaati oʻrganilib, 2019-yil 8-noyabr kuni 2015-yilda tugʻilgan farzandi Mashrabjonov Husniddin Muhriddin oʻgʻliga Nurafshon shahar davlat xizmatlari markazi orqali shahardagi 11-maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish boʻyicha yoʻllanma berildi. Shuningdek, Angren shahar Dukent qoʻrgʻoni 13-daha, 16-uyning 1-xonadonida istiqomat qiluvchi fuqaro N.Rahmonovaning ham murojaati oʻrganib chiqildi. Oʻrganish davomida 2019-yil 19-noyabr kuni Angren shahar davlat xizmatlari markazi orqali 2015-yilda tugʻilgan farzandi Rahimov Amirxon Zokir oʻgʻliga shahardagi 41-maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish boʻyicha yoʻllanma taqdim etildi.

Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning dardu tashvishi yotadi. Bu borada bir idora eshigini taqillatib, oʻz muammolarini aytayotgan odamlar ogʻirini yengil qilishimiz, har bir murojaatga masʼuliyat bilan yondashishimiz talab etiladi. Bugun xalq bilan hamnafas boʻlish, uning quvonch va shodliklariga sherik boʻlish, qiynalgan damlarida amaliy yordam koʻrsatish bizning bosh maqsadimizga aylanmogʻi lozim.

19.02.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati

Foydali resurslar