Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 100 nafar yosh ishchi-xodimidan iborat ko‘ngillilar jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida “Orol taqdiri – kelajak avlod taqdiri” shiori ostida amalga oshirilayotgan xayrli ishlarda faol qatnashmoqda.
Navoiylik yoshlar Mo‘ynoqda olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik-qurilish ishlari bilan tanishdi, Yoshlar markazi, tuman ekologiya muzeyi, zamonaviy sport majmuasi, “Kemalar qabristoni”ni borib ko‘rdi.
Kombinat yoshlari muzey, sport majmuasi, chekka hududlarda joylashgan qator umumta’lim maktablari kutubxonalari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kitoblar, sport anjomlarini sovg‘a qildi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli qurilish bataloniga esa 100 dona motoarra topshirildi.
– Biz, yoshlarning “Green challenge” ekochorlov aksiyasi doirasida Mo‘ynoq tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarida qatnashish bo‘yicha tashabbusimiz kombinat rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanganidan xursandmiz. Yigitlarimiz Mo‘ynoq shahri atrofida turli ko‘chatlar hamda Orol dengizining qurigan yerlarida saksovul ko‘chatlarini ekish ishlarida faol ishtirok etmoqda, – dedi kombinat yoshlari yetakchilari kengashi raisi Sanjar Rajabov.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati yoshlarining bunday xayrli ishlari Mo‘ynoq tumanida davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 13 Avgust 2024 | 24 Avgust 2024 | Surxondaryo viloyati |