2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat hokimi bir qishloq muammosini hal etdi

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Muzrabot tumanidagi Jartepa qishlog‘ida tashkil etilgan sayyor qabulda odamlarni o‘ylantirayotgan muammolarni tinglab, viloyatdagi mas’ul rahbarlar bilan murojaatchilar o‘rtaga tashlagan masalalarning joyida echimini topdi.

Qishloqdagi 405 oilada ikki mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ular asosan ichimlik va oqova suv ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etish, elektr energiyasi ta’minoti va boshqa ijtimoiy muammolarni o‘rtaga tashladi.

- Qishloqda to‘planib qolgan muammolarni hal etib, sizlarning munosib hayot kechirishlaringiz uchun qo‘limizdan kelgan yordamni ayamaymiz, — dedi viloyat hokimi. — Shuning uchun huzurlaringizga sizlarni o‘ylantirayotgan masalalarni echishga mas’ul rahbarlarni ham olib keldik. Olti yuz metr masofaga quvur yotqizilib, maktabga uzog‘i bilan o‘n kunda toza ichimlik suvi olib kelinadi. Tomorqalaringizni sug‘orish uchun oqova suv ta’minotini zudlik bilan hal etib beramiz. Asosiy yo‘l tubdan ta’mirlanib, ichki yo‘llarga tosh to‘shaladi. Qishloqda yana bitta artezian quduq qazilib, ichimlik suvga bo‘lgan talablaringiz to‘liq qondiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etiladi. Bu ishlarni tez, sifatli amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimiz bor.

Sayyor qabulda murojaatchilar tomonidan ilgari surilgan muhim masalalarning tezkor echimi topilgani barchaga birdek quvonch ulashdi. Odamlarning ertangi kunga ishonch hissini mustahkamladi.

– Qator yillardan buyon ichimlik va oqova suv ta’minoti muhim muammolarimizdan biriga aylangan edi, – deydi O. Zayniddinov. – Yozda tomorqamizni sug‘orish iloji bo‘lmay qoldi. Mana, hokimimiz ishtirokida soha mas’ullari va qishloq oqsoqollari maslahatlashib, bu masalaning qulay echimini topdik. Oqova suv yo‘limiz tubdan yaxshilanadigan bo‘ldi. Yangi artezian qudug‘i qazilishi ichimlik suv masalamizni to‘liq hal etadi. Barakat topishsin, bolajonlarimiz uchun bog‘cha ham quriladigan bo‘ldi. Qishlog‘imizga qaratilgan bunday e’tibordan juda suyundik.

Bir soatcha davom etgan sayyor qabul odatdagidek uzoq cho‘zilmagani, murojaatchilarning ham, viloyat markazidan kelgan rahbarlarning ham qimmatli vaqti tejalgani e’tiborga sazovor bo‘ldi.

02.02.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar