
Poytaxtimizdagi Yoshlar markazida Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi raisi Olmazor tumanidagi oliy oʻquv yurtlari talaba-yoshlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi raisi Baxtiyor Ismoilov va boshqalar bugun jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlar, ularning yoshlar orasida keng targʻib etilishi ijobiy natijalari haqida gapirdi. Oʻsmirlar bilan ochiq muloqotni kengaytirish va odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik roli beqiyosligi taʼkidlandi.
Yoshlarni maʼrifatga chorlash, ular orasida jinoyatchilikni kamaytirishda talabalar tengdoshlariga oʻrnak boʻlishi va oʻzlari ham har qadamda sergak turishi, vatan ravnaqi yoʻlida oʻzini daxldor his qilishi kerakligi qayd etildi.
Uchrashuv samimiy suhbat va savol-javob shaklida davom etdi.
Tadbirda aytilishicha, 2019-yili Toshkent shahrida sudlarning 43 foizi sayyor shaklda oʻtkazilgan. Bu fuqarolar, xususan yoshlar orasida jinoyatchilik kamayishiga xizmat qilgan.
Uchrashuvda telefon oʻgʻirlab, jinoyat sodir etgan yoshlarning ishi sayyor sud shaklida koʻrib chiqildi. Tadbirda ishtirok etgan yoshlar ushbu jarayonning bevosita guvohi boʻldi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |