
Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i,IV sektor rahbari Azamat Bozorov Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutining Shahrisabz filiali talaba yoshlari bilan uchrashdi.
Sektor rahbari uchrashuvda Prezidentimizning 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, hududdagi yoshlar tashabbuskorligini oshirish, taklif va muammolarini o‘rganish, ularni hal etish masalalariga e’tibor qaratdi.
–Men oliygoh kutubxonasi kitob zaxira bazasini boyitishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildim, - deydi talaba Mehrangiz Safaralieva. – Sektor rahbari bu taklifimni qo‘llab-quvvatladilar. Bundan juda xursand bo‘ldim.
Ochiq, samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda talaba yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar, tashabbus va takliflar, ularni qiziqtirgan savollar tinglanib, ularning yechimi muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so‘ng yoshlar Shahrisabz shahridagi “Sado” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |