
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan Qoraoʻzak tumani yoshlari Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” – himoya oʻrmonzorlari yaratishda ishtirok etayotgan hasharchilarga koʻmakka bordi.
Yoshlar tumanning eng chekka “Aqpetkey“ deb nomlangan hududida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan hasharchilar bilan uchrashdi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A. Temirxanov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi raisi U. Utambetov, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi A. Daniyarov davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Orolboʻyini, shu jumladan Moʻynoq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududda ekologik holatni barqarorlashtirish, Orol dengizining qurigan hududlarida “yashil qoplamalar” – himoya oʻrmonzorlari barpo etish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar boʻyicha maʼlumot berdi.
Tuman yoshlari saksovul ekish va urugʻini yigʻish ishlarida faol ishtirok etdi. Shuningdek, hasharchilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiyot boʻlimi shifokorlari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Orol yulduzlari” ansambli hamda Qoraoʻzak tumani madaniyat boʻlimi xodimlarining konsert dasturi namoyish etildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |