
Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliev va hududiy sektorlar rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda yoshlarning tashabbus va takliflari o‘rganilib, qayd etilgan masalalarni hal etishga amaliy ko‘mak berilayotir.
Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan ana shunday uchrashuvda davlatimiz rahbarining 2019-yilning 27-dekabr kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabdagi yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalarga e’tibor qaratildi.
Tadbirda talabalar, o‘quvchilar, uyushmagan yoshlar hamda barcha hududiy sektor rahbarlari, viloyat, shahar, tuman hokimlari, ularning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Iqtisodiy-ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda yoshlar ulushi ortayotgani, o‘tgan yili viloyatda yoshlar o‘rtasida jinoyatlar soni 24 foizga kamaygani, 12 tumanning 6 tasida voyaga etmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilmagani alohida qayd qilib o‘tildi.
“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida 262 biznes loyihaga jami 59 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi. Natijada 1 ming 500 yangi ish o‘rni yaratildi. 8 ta tumanda “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari tashkil etildi. To‘rtta tumanda “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Uchrashuvda faol ishtirok etgan yoshlar o‘zlarining muammo va tashabbus, takliflarini bildirishdi.
– Davlatimiz tomonidan berilayotgan katta e’tibor tufayli barcha sohalarda yoshlarning faolligi ortib borayotir, – dedi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Dilmurod Xudoyshukurov. – Bu faollik parlament va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovda, ayniqsa, yorqin namoyon bo‘ldi. Yoshlarning barcha soha va yo‘nalishlardagi tashabbus va takliflari qo‘llab-quvvatlanayotgani, muammolari hal etilayotgani ularni yanada ruhlantirmoqda.
Tadbirda viloyat hokimi har oyda bir marta hudud yoshlari uchun sayyor qabul o‘tkazib borilishini ma’lum qildi.
Uchrashuvda viloyat yoshlari tomonidan amalga oshirilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Viloyat hokimi ushbu loyihalarni amalga oshirishda ibrat va o‘rnak ko‘rsatgan davlat va jamoat tashkilotlari, yosh tadbirkorlar, faol yoshlarga, ko‘ngillilarga mukofotlar topshirdi.
Tadbir doirasida yoshlar uchun mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi. Yarmarkada 46 tashkilot, korxona va muassasa 485 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Yarmarka davomida 32 yoshga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |