2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hokimlar yoshlar tomonidan ko‘tarilgan har bir masala va tashabbusga e’tibor qaratmoqda

Farg‘onalik yoshlarni rag‘batlantirish, yangi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir tuman va shahar uchun alohida dastur ishlab chiqilmoqda. Bu haqda viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev joylarda bo‘lib o‘tayotgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida ma’lum qildi.

Farg‘ona viloyatida bugungi kunda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 1 million 82 mingdan ziyod yoshlar bo‘lib, ularning kamoloti yo‘lida samarali ishlar olib borilmoqda. Joriy yilda ham viloyatda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda bu boradagi ishlar tizimli davom ettiriladi.

 

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida Uchko‘prik tumani va Qo‘qon shahri yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda yangi tashabbus va takliflar ilgari surildi. Dastlab doimiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan yoshlar mazkur hududdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishishdi.

 

Erkin iqtisodiy zonada barpo etilgan ilk korxonalardan biri “Shaffof omadli sanoat” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasidir. Mazkur korxonada bugungi kunda avtotransport vositalari uchun mo‘ljallangan gaz ballonlar va butlovchi qismlar ishlab chiqarilmoqda. Korxonada mehnat qilayotgan 400 nafar ishchi-xizmatchilarning aksar qismini yoshlar tashkil qiladi. Korxona ta’sischisi Ulug‘bek Toshmatovning ta’kidlashicha, kelgusida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hisobidan yoshlar uchun yana 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

 

Yoshlar qadoqlash vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Great Kokand” korxonasida ham bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirishdi. Shu joyning o‘zida yoshlar bilan samimiy muloqotga kirishgan viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida yaratilgan sharoitlarning barchasi, birinchi navbatda, yosh mutaxassis kadrlar uchun ekanligini ta’kidladi.

 

— Iqtisodiy zonadagi barcha loyihalar ishga tushirilsa, 4 mingga yaqin ishchi-xizmatchilarga talab bo‘ladi, – deydi dedi viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev. – Mana bugun ishlab chiqarish korxonalarida yaratilgan sharoitlarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib, ularning rahbarlari bilan yuzma-yuz uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ldingiz. Bular haqida doimiy ish izlab yurgan qo‘ni-qo‘shnilarni, do‘stlaringizni ham xabardor qilinglar. Kelib, shu korxonalarda ish boshlanglar. Biz esa sizlarga barcha zarur sharoitlarni yaratib beramiz.

 

Uchrashuv “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasining ma’muriy binosida davom etdi. Viloyat hokimi yoshlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborilgan ellikdan ziyod savol va takliflarga javob qaytardi.

 

Shundan so‘ng bevosita muloqotga o‘tildi. Yoshlarning takliflari tinglandi, muammolariga yechim izlandi. Ta’kidlash joizki, muammolarning aksariyati shu yerning o‘zida, uchrashuv chog‘ida hal qilindi.

 

Jumladan, tadbirkor yoshlarning loyihalariga imtiyozli kreditlar ajratildi, tuman markazidagi qarovsiz holatda tashlab qo‘yilgan suzish havzasi qaytadan ta’mirlanadigan bo‘ldi, yosh oilalar uchun “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasiga tutash Muqimiy shaharchasi hududida imtiyozli kredit asosida ikkita 7 qavatli arzon uy-joylar qurilishi belgilandi. Shuningdek, yoshlarning Uchko‘prik tumani markazida kinoteatr tashkil qilish taklifi ma’qullandi. O‘quvchi-yoshlarning iltimosiga ko‘ra, viloyat hokimi Uchko‘prik tumani va Qo‘qon shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 400 ta kompyuter jamlanmasi ajratilishini ma’lum qildi.

 

Navro‘z bayrami arafasida “ Haziniy izdoshlari” yosh ijodkorlar forumi o‘tkazishga qaror qilindi. Yoshlar ittifoqi Qo‘qon shahar kengashiga 1,5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Qo‘qondagi 3 ta oliy o‘quv yurtining har biriga “ISUZU” avtobuslari sovg‘a qilindi.

 

***

 

Halima Xudoyberdieva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzaev hududdagi faol va tashabbuskor yoshlar bilan uchrashdi.

 

Tadbirda viloyat, tuman, shahar hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi a’zolari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Uchrashuvda yoshlar tomonidan viloyat hokimiga 10 dan ortiq tashabbus, taklif va masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi. 

Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan har bir masala va tashabbusga viloyat hokimi tomonidan aniq va atroflicha javob berilib, masalalarning yechimi yuzasida shu joyning o‘zida aniq chora-tadbirlar belgilandi. 

 

Tadbir nihoyasida viloyat hokimi Sirdaryo sharafini fan olimpiyadalari, turli tanlovlar va sport bellashuvlarida munosib himoya qilgan yoshlarga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.

08.01.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar