Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Buxoro viloyati hokimining tashabbusi: “Namunali qishloq” dasturi ijrosiga kirishildi

“Obod mahalla”, “Obod qishloq” atamalari allaqachon til lugʻatimizdan oʻrin olib ulgurdi. Endigi navbat “Namunali qishloq” atamasiga.

Gap shundaki, Buxoroda viloyat hokimligi tashabbusi bilan har bir hududda koʻrsa havas qilgulik namunali qishloqlar barpo etishga kirishildi. Ulardan dastlabkisining manzili 334 ta xonadon istiqomat qilayotgan Bogʻcha qishlogʻidir.

— Romitan tumanidagi bu qishloq odamlari mehnatkash, tanti, oriyatli, — deydi Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat kengashi boshqaruvi raisi Ahror Gʻulomov. — Biz ularga xayrli tashabbus mazmun-mohiyatini tushuntirdik, xolos. Natijada toʻrt kun ichida qishloq, undagi hovlilar ana shunday koʻrkam qiyofaga keldi.

Avvalo xonadonlar atrofi, yoʻl boʻyidagi gulzorlar tartibga keltirildi, uylarning tashqi koʻrinishiga eʼtibor qaratildi. Qurbi yetmagan oilalarga mahalladoshlar himmat koʻrsatishdi. Mahallaga kiraverishdagi 2 kilometr yoʻlga asfalt yotqizildi. Yangi transformator oʻrnatildi. Daraxtlarga shakl berildi. Uzunligi 6 kilometrdan ziyod qishloq arigʻi mahalladoshlar tomonidan hashar yoʻli bilan tozalanib, tuprogʻi maxsus texnikalar vositasida tashib ketildi. Qabriston obodonlashtirildi.

— “Koʻz — qoʻrqoq, qoʻl — botir”, deyishganicha bor, — deydi hovlisidagi moʻjaz issiqxonadan yiliga 40 million soʻmdan ziyod qoʻshimcha daromad topayotgan Nekboy Toshev. — Qarang, pul sarflamay turib ham qishloqni obod goʻshaga aylantirish mumkin ekan. Ilgari yoʻllarimizning, uylar atrofidagi ahvolni koʻrib mehmon kutgani xijolat chekardik. Endi esa yoʻl poylayapmiz. Kelishsin, koʻrishsin, havas qilishsin.

Yaxshi niyat — yarim davlat. Bogʻcha qishlogʻiga viloyat hokimi Oʻktam Barnoyev boshchiligidagi mutasaddilar, barcha tuman hokimlari kelishdi.

Mehmonlar qishloqning 16 ta koʻchasi, ravon yoʻllari, qazib, tartibga keltirilgan suv yoʻllari, 9-maktabgacha taʼlim muassasasi, zooveterinariya shoxobchasi, stadionni koʻzdan kechirdilar, tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdilar.

Qishloqda boʻlib oʻtgan seminarda viloyat hokimi bu kabi obodonchilik ishlarini viloyatdagi 543 ta mahalla, 1,5 ming qishloqda davom ettirish lozimligini taʼkidladi.

06.01.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar