
Shahrisabz shahri va tumani aholisi uchun davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Binoning ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda davlat xizmatlari markazi hozirgi kunda fuqarolarning uzog‘ini yaqin, vaqtini tejashda, ortiqcha ovoragarchiliklarning kamayishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Markaz 2018 yilda tashkil qilingan bo‘lib, 29 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatishdan boshlagan. Markaz tomonidan 2018 yilda aholiga 18 ming 600 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan. Yakunlangan 2019 yilda esa markaz tomonidan 56 mingga yaqin 86 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.
Shahrisabz shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan 360 taga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatga olingan, shuningdek Markazda “sayyor tartibda xizmat ko‘rsatish” yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu xizmatdan 751 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan.
Yangi binoda barcha qulayliklar mavjud. Kutubxona, bolalar maydonchasi, majlislar zali, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchagi tashkil etilgan.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |