2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yangilanayotgan O‘zbekiston: Uyi borlar dunyoga boshqa ko‘z bilan qaraydi

2019-yilda yurtimizda 17587 xonadondan iborat 403 ko‘p qavatli uy qurilmoqda. Agarda bitta xonadonni bir necha inson hayotiga daxldorligini inobatga oladigan bo‘lsak, yangi yilni yana 10 minglab yurtdoshlarimiz o‘zlarini vatan ichra mo‘’jaz vatanida shukronalik bilan qarshi oladi.

– Yaqinda foydalanishga topshirilgan ko‘p qavatli uydan ikki xonaning sohibi bo‘ldik, – deydi Rohatoy Bakirova. – Ungacha uzoq yillar ijaradan-ijaraga sarson bo‘lib yurdik. Har daqiqada uy egasi kelib, biror ayb topadi yoki uyni bo‘shatib qo‘y deydimi, degan xavotirda bo‘lardik. Endi esa o‘zimiz istaganday, emin-erkin yashayapmiz. Xavotirdan qutilib, ulkan orzu-maqsadlar bilan yashayapmiz. Shaxsiy uyingiz bo‘lsa dunyoga ko‘zingizga boshqacha ko‘rinar ekan.

Darhaqiqat, keyingi yillarda aholini uy-joy bilan ta’minlash masalasiga davlat darajasida e’tibor qaratilmoqda. Xalqimizni arzon uy-joy bilan ta’minlash g‘oyasi Prezidentimizning saylovoldi dasturidayoq ilgari surilgan edi va davlatimiz rahbari faoliyatini ilk kunlaridan insonparvarlikning oliy namunasi bo‘lgan ushbu tashabbusni hayotga tatbiq etdi.

 

photo5201682790117125014.jpg

 

 

Sohani takomillashtirish, investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shaharsozlikni texnik tartibga solishning bozor vositalarini joriy etishda esa O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faol ishtirok etmoqda. Vazirlik qurilish sohasida davlat ma’muriy-boshqaruv va nazorat funktsiyalarini kamaytirish, ob’ektlarni loyihalashtirish, qurishdagi normalarning innovatsion loyihaviy echimlar, yangi ilmiy-texnik ishlanmalarni qo‘llash, borasida ham qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Misol uchun, investitsiya dasturi asosida 2017-yilda 1888, 2018-yilda 1595 va 2019-yilda 2037 ijtimoiy ob’ekt qurildi. Jumladan, 2017-yilda 484, 2018-yilda 411 va 2019-yilda 487 umumta’lim maktabi, 2018-yilda 340, 2019-yilda 382 ta maktabgacha ta’lim muassasalari foydalanishga topshirildi.

2020-2021-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga 1945 ob’ekt kiritilgan bo‘lib, mingga yaqinni loyiha-smeta ekspertizadan o‘tkazildi. Shuningdek, Prezidentimizning 2019-yil 14-maydagi farmoni bilan 2020-yildan boshlab, Investitsiya dasturlarini shakllantirish bo‘yicha mutlaqo yangi (uch yillik) tartib joriy etildi.

Bu investitsiya dasturlarini shakllantirishda barcha davlat organlari, tashkilotlar rahbarlari va hokimlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytiradi. Bunda aholining turmush darajasini oshirish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmalarini rivojlantirish, uy-joy va ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish, davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini tatbiq etilishi investitsiya dasturining jozibadorligini oshiradi.

Endilikda, Investitsiya dasturlarini shakllantirish, loyiha va qurilish ishlarini bosqichma-bosqich mutanosib ravishda amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha maqbul tizim yaratildi. Albatta, loyiha-smeta hujjatlarini shoshma-shosharlik bilan emas, balki har bir echimni puxta o‘ylab ishlab chiqish, ularning sifati va samaradorligini oshirish uchun imkoniyat yaratildi.

Vazirlikda “Obod qishloq”dasturi asosida ham qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2018-yilda barpo etilgan ijtimoiy ob’ektlar soni 2018-yilda 1109 tani, 2019-yilda 1505 tani tashkil etadi.

Prezidentimizning 2019-yil 20-fevraldagi qaroriga ko‘ra, tasdiqlangan “Obod qishloq” dasturi doirasida 159 tumanda 479 ta qishloq tanlab olinib, 311 ming 29 ta xonadonda yashovchi 1,7 million nafar aholining yashash sharoitini yaxshilash mo‘ljallangan. “Obod mahalla” dasturi doirasida 2018-yilda 415 ijtimoiy ob’ekt, 2019-yilda 305 ta barpo etildi. Xususan, joriy yilda Toshkent shahrining 11 tumanida 116 ta mahalla tanlab olinib, 126 ming 488 ta xonadonda yashovchi 496 ming 338 nafar aholining yashash sharoitini yaxshilash mo‘ljallangan.

Albatta, qurilish ishlari hajmi ham yildan-yilga oshib bormoqda. 2016-2018-yillarda qurilish ishlari hajmi 29,4 trillion so‘m, 34,7 trillion so‘m va 51,2 trillion so‘mlik bajarilgan. 2019-yilning yanvar-sentyabr oyida 50.9 trillion so‘m hajmida qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda o‘sish 119,3 foizni tashkil etgan.

03.01.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar