
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari podpolkovnik M. T. Raxmatullaev tomonidan Kegeyli tumani “Baxitli” MFY hududidagi 19-sonli maktabining binosida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda jami 21 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, 8 tasi tegishli idoralar mas’ullari bilan ijobiy hal etildi, 7 tasi bo‘yicha qo‘shimcha tekshirish o‘tkazish uchun murojaat ijroga qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi va qolgan 6 tasi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Chuningdek, sayyor qabul davomida murojaat etgan kam ta’minlangan oilalarning ijtimoiy ahvollari ham o‘rganilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Jumladan, kam ta’minlangan oila S. Turdimuratovaning uyi tom qismi vazirlik huzuridagi Tergov boshqarmasi va tuman IIB xodimlari hayriya harakatlari natijasida shifer qilinishi ta’minlandi.
Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari podpolkovnik M. T. Raxmatullaev tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |