Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Viloyat markazidan 350 kilometr olisda joylashgan ovulda sayyor qabul o‘tkazildi

Sayyor qabullarda fuqarolar odatda mas'ul rahbarlar oldiga qish mavsumida ko‘mir mahsuloti yetkazib berish, tadbirkorlik, yer-joy, mablag‘lar ajratish hamda ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, ichimlik suvi kabi ijtimoiy muammolarni ko‘ndalang qilishadi.

Navoiy viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik R.Tursunovning Nurota tumanidagi Xayrobod qishlog‘i aholisi bilan sayyor qabulida ham shular haqida gap borgan. Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasi, ular murojaatlarida aks etgan muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy ishlarga yuzasidan chiqish qilgan 3-sektor rahbariga fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolarni bayon qilishgan. Muammolar asosan ichki yo‘llarni ta'mirlash, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta'minoti bilan bog‘liq bo‘lgan.

Sektor rahbari va ishchi guruhi a'zolari aytilgan masalalarning ayrimlari bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olgan bo‘lsa, aksariyati joyida bartaraf etilgan.

Ana shunday sayyor qabullardan biri viloyat markazi Navoiy shahridan qariyb 350 kilometr olisda joylashgan Uchquduq tumanining «Yo‘lchilar» ovul fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan.

Ishchi guruh a'zolari hududdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo‘lib, ularning qishki mavsumga shayligi, bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Navoiy viloyati IIB axborot xizmatining yozishicha, bu kabi sayyor qabullar ijtimoiy muammolarni bartaraf etish barobarida, ichki ishlar idoralari xodimlarining xalq bilan birdamligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

04.12.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar