
Navoiy viloyati Zarafshon shahrida Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga asosan, hududlarda aholi bilan bevosita va toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni joyida hal etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi T.Xudoybergenov rahbarligida ishchi guruh sayyor qabul oʻtmoqda.
Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlari aholisi ishtirok etayotgan uchrashuvda fuqarolarning ijtimoiy, kommunal va boshqa muammolari muhokama etildi.
Respublikaning 14 ta vazirlik va qoʻmitalari mutasaddilari alohida holda fuqarolarni qabul qildi.
Xususan, Zarafshon shahri 2 xonali uy olib, kadastr bilan bogʻliq muammolariga yechim istab kelgan Dildor Xolmurodovaning murojaati joyida hal etilib, kadastr hujjatlari tayyorlab berildi.
– Ilgari bunday masalalarni oylab kutishga toʻgʻri kelardi, – deydi D.Xolmurodova. – Baʼzida idorama idora sarson boʻlardik. Mutasaddilarga ming rahmat, mening murojaatim 15 daqiqada hal boʻldi. Tegishli mutasaddilar masalaga masʼuliyat bilan yondashib, men kabi fuqarolarning ogʻiri yengil qilayotganidan mamnunman.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |