Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Bosh prokuror sayyor qabuli

Prokuratura organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, sayyor qabullar o‘tkazilib, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish, ularning muammolarini hal etishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘tkazilayotgan qabullarda fuqarolarning bir necha yillardan buyon o‘zining echimini topmayotgan muammo va takliflarini joyida hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 27-noyabrda Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev tomonidan Toshkent viloyatida sayyor qabul o‘tkazilib, jami 33 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilindi.

(murojaatlarning 10 tasi sud masalalari, 12 tasi prokuratura va 3 tasi ichki ishlar organlari faoliyatlariga hamda 8 tasi boshqa masalalarga oid)

Murojaatlarning 5 tasi joyida hal etilib, qanoatlantirildi.

Shuningdek, Piskent tumani, Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining turmush sharoiti o‘rganilib, fuqarolarning suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, ichki ko‘chalar ta’mirlanishi bilan bog‘lik murojaatlari joyida hal etildi.

Xususan, Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inidagi kam ta’minlangan oila vakillari holidan xabar olindi.

Shu bilan bir qatorda O‘rtachirchiq tumani, Yuqoriovul mahalla fuqarolar yigini, Yangiko‘prik ko‘chasining 1.200 metr ichki yo‘llariga shag‘al yotqizib berilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, qabulda olingan murojaatlarning qonuniy hal etilishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

28.11.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar