
Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi boshligʻi sayyor qabul oʻtkazdi. Natija qanday?
Samarqand tumanida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyat boshqarmasi boshligʻi Nurmamat Tursunov tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Samarqand tuman hokimligi mutasaddilari, qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlari, fermer hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda jismoniy va yuridik shaxslarni qiynab kelayotgan masalalarga yechim topildi.
Sayyor qabul davomida 4 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Shundan 2 nafar fuqaroning murojaati shu joyning oʻzida hal qilindi, 2 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi. Qolgan murojaatlar tegishliligiga koʻra tashkilotlarga yoʻnaltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan 2019-yilning shu davriga qadar jismoniy va yuridik shaxslardan 101 ta murojaat roʻyxatga olingan boʻlib, shuning 45 tasi qanoatlantirilgan, 25 tasiga tushuntirish berildi. Uchta murojaat tegishliligiga koʻra tashkilotlarga yoʻnaltirilib, ijrosi nazoratga olingan.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |