2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirish ustuvor masalalardan biridir

Xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan davlat boshqaruvi va xo‘jalik funktsiyalarini birga qo‘shib olib borish amaliyotidan voz kechish, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash hamda ijtimoiy ta’minlashning zamonaviy tizimini yaratish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarini malakali mutaxassislar bilan etarli darajada ta’minlash va kadrlarga yuklatilayotgan vazifalarning nomuvofiqligi borasida mavjud bir qator tizimli muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ham bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘z navbatida, ana shunday ishlarni jadallashtirish, davlat fuqarolik xizmati samaradorligini oshirish, davlat organlari va tashkilotlarining malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar kontseptsiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida Davlatimiz rahbarining 2019 yil 3 oktyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmonga muvofiq, endilikda o‘z faoliyatini davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestriga kiritilgan lavozimlarda amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi davlat fuqarolik xizmatchisi hisoblanadi. Xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan o‘rnatilgan tartibda davlat fuqarolik xizmatchisi lavozimini egallaydi. Davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari orqali tartibga solinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlaridagi harbiy va huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi xizmatlar davlatning maxsus xizmati hisoblanganligi bois ularning faoliyati alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Shuningdek, davlat xizmatini rivojlantirish borasida mavjud muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mazkur farmonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligini tashkil etish hamda agentlik zimmasiga yuklanadigan bir qator vazifalar qayd etib o‘tilgan.

O‘z o‘rnida, davlatimiz rahbarining 2019 yil 3 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etilib, bir qator o‘zgarish va yangiliklar amalga oshirildi.

Jumladan, davlatimiz rahbarining ushbu farmonlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ixtiyoriga o‘tkazildi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimi kiritildi.

Davlat organlari va tashkilotlari kadrlar bo‘linmalarining rahbarlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va tegishli ravishda uning filiallari bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Ular har uch yilda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi zimmasiga yana bir yuksak mas’uliyatli ish, ya’ni istiqbolli boshqaruv kadrlarini saralab olish bo‘yicha respublika “Taraqqiyot” tanlovini o‘tkazib borish vazifasi yuklandi.

Shuningdek, farmon bilan ochiq, mustaqil tanlov asosida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinadigan shaxslar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va tegishli ravishda uning filiallari bilan kelishmasdan turib lavozimidan ozod qilinishi mumkin emasligi qat’iy belgilab qo‘yildi.

Albatta bunday o‘zgarishlar qatorida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining bilim va tajribasini muntazam oshirib borish, ular xorijiy tajribalarni o‘zlashtirib borishlari uchun imkoniyat yaratish, shuningdek xorijda istiqomat qilayotgan malakali mutaxassis Vatandoshlarni mamlakatimizdagi muhim jarayonlarga jalb etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratadi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining nomi yuqorida qayd etilgan farmon va qarorlari bilan agentlik zimmasiga yanada ko‘plab vazifalar yuklangan bo‘lib, ushbu masalalar yuzasidan bugungi kunda agentlik tomonidan jadal sur’atda ish olib borilmoqda. Eng avvalo bu kabi o‘zgarishlarning zamirida davlatimizning barqaror taraqqiyoti, xalqimizning farovon turmush kechirishi, aholi va davlat tashkilotlari o‘rtasida to‘siq bo‘layotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish ko‘zlangan. 

22.11.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar