2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabulda 56 ta murojaat nazoratga olindi

Davlatimiz rahbarining “Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash insoniylikning eng oliy mezonidir” degan so‘zlari bugun tom ma’noda hayotimizning mazmuniga aylanib bormoqda.

Buni mutasaddi tashkilot rahbarlarining joylarga chiqib, xalq bilan yuzma-yuz uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarga echim topishga harakat qilayotganida ham ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Mirziyod Mahkamov tomonidan Mirishkor tumanining chekka Chandir qishlog‘ida aholi bilan o‘tkazilgan sayyor qabulda turli masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

“Yashash sharoitim og‘ir”, deya so‘z boshlaydi, Chandir qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Zilola Rahmonova. U uy-joy qurish uchun er uchastka ajratish masalasida yordam so‘rab murojaat qildi. Uning murojaati yuzasidan aniq muddat va mutasaddilar belgilandi.

Shuningdek, fuqaro Lobar Ahmedova murojaat qilib, o‘rta ma’lumotga egaligi, hech qaerda ishlamasligi sababli bandligini ta’minlash masalasida amaliy yordam so‘radi. Uning murojaati yuzasidan mutasaddilarning munosabati eshitildi. Unga bepul hunar o‘rgatilishi bildirildi.

So‘nggi yillarda yurtimizda kitobxonlikni targ‘ib qilish, yoshlarni kitob mutolaa qilishga o‘rgatish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chandir qishlog‘i “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Nilufar Ahmedovaning murojaati aynan shu mazmunda bo‘ldi. U yoshlarni bilimini oshirish maqsadida qishloqdagi Madaniyat saroyida tashkil etilgan kutubxona fondini yangi kitoblar bilan boyitish masalasida murojaat qildi. Ushbu masalani hal etish uchun ikki kun muddat belgilandi.

Yashash joyimizda faqat bizning uyimizda elektr hisoblagich o‘rnatilmagan. Bu borada tuman elektr tarmoqlari korxonasiga bir necha marotaba murojaat qilganman. Shu sababli elektr hisoblagich o‘rnatishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman, – deydi Oytoza Qambarova.

Ushbu murojaatni Qashqadaryo viloyati elektr tarmoqlari aktsiyadorlik jamiyati vakili, viloyat IV sektor ishchi guruh a’zosi o‘z nazoratiga oldi.

Tumanda yashovchi II guruh nogironi Norqul O‘rinov viloyat kardiologiya markazida davolanish uchun order so‘rab murojaat qildi. Uning murojaati shu erning o‘zida hal etildi.

Shuningdek, imkoniyati cheklangan Cho‘lliev Husan, Mamanazarov Ramazonga nogironlik aravachalari berildi.

Ishtirokchilarga esdalik sifatida badiiy kitoblar tarqatildi.

Sayyor qabul davomida jami 43 nafar fuqarodan 56 ta murojaat kelib tushdi. Barcha murojaatlar ijrosi yuzasidan aniq muddatlar belgilanib, nazoratga olindi. Ayrim murojaatlar yuzasidan tushuntirish berildi.

Xulosa shuki, o‘tkazilayotgan bu kabi qabullar fuqarolarni qiynayotgan masalalarga echim topishga xizmat qilishi bilan yanada ahamiyatlidir.

25.11.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar