
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi T.Xudaybergenov rahbarligidagi respublika ishchi guruhi bugun Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida ish boshladi.
Sayyor qabulni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi T.Xudaybergenov ochib, respublika ishchi guruhi a’zolari va ular shug‘ullanadigan masalalar yuzasidan fuqarolarni tanishtirib o‘tdi. Mazkur sayyor qabulda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ma’rufova Gulnora Maxmudovna ham ishtirok etmoqda.
Bo‘ston tumanida o‘tkazilgan Sayyor qabul jarayonida 20 nafar Shaxrihon, Bo‘ston, Balikchi, Ulug‘nor tumanlaridan kelgan xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, ularning 4 nafarining masalasi joyida ijobiy xal etildi. 3 nafar xotin-qizlarga er ajratildi. 1 nafariga kredit ajratilib bandligi ta’minlandi.
Asaka tumanida davom etayotgan qabulda Andijon shahar, Buloqboshi, Marxamat tumanlaridan jami 27 nafar xotin-qizlarning murojaatlari o‘rganildi.
Mazkur xotin-qizlarning 11 nafarining murojaatlari joyida ijobiy hal etildi. 2 nafarining bandligi ta’minlandi, 4 nafariga uy-joy va er ajratildi, 1 nafari nogironlik guruhiga o‘tkazildi, 4 nafariga nogironlik aravachasi berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |