
Chust tumanida tashkil etilgan sayyor qabulda viloyat hokimi X.Bozorov tuman aholisi vakillari bilan yuzma-yuz muloqot davomida ijtimoiy, iqtisodiy, maishiy masalalarga taalluqli 50 dan ortiq murojaatni ko‘rib chiqdi.
Jumladan, fuqarolarning uy-joy, ish bilan ta’minlash, salomatligini tiklash uchun moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha iltimosnomalari, kommunal xizmat ko‘rsatish tizimlaridagi va tadbirkorlik faoliyatiga xalaqit berayotgan muammolar yuzasidan arznomalari va boshqa mahalliy masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilot hamda muassasalar mutasaddilari ishtirokida hal etish choralari ko‘rildi. Shuningdek, murojaatlarning bir qismi qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘rganib, chora ko‘rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
Jumladan, bandlik hamda uy-joy masalasida hokim qabuliga kelgan, bolalar uyida ulg‘aygan fuqaro V.Polyakovga ishga yo‘llanma berildi, uy-joy masalasi ham yaqin kunlarda hal qilinadigan bo‘ldi. Bibiona mahallasida yashovchilarning murojaati asosida mahallaga yangi elektr podstansiyasi o‘rnatiladigan va mahalla ko‘chalarini asfaltlash 2020 yil dasturiga kiritiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, sayyor qabulga jalb qilingan viloyat tashkilotlari rahbarlari Chust shahri Pansada mahallasida yashovchilarning muammolarini o‘rgandi.
Viloyat rahbari avvaldan tushgan murojaatlar natijasida mahalla hududida obodonlashtirish ishlari olib borilishi yuzasidan berilgan topshiriqlarning amalda bajarilishi bilan tanishish maqsadida ko‘chalarga shag‘al yotqizilib, yo‘l bo‘yidagi devorlar ta’mirlanayotgan hududlarda bo‘ldi.
Tuman mutasaddilariga ko‘chalarni yog‘inli kunlarga qolmasdan asfaltlash, tungi tejamkor yoritkichlarni o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Shunday sayyor qabullar Chortoq tumanining Sozsoy qishlog‘i, Pop tumanining Oltinkon shaharchalarida ham o‘tkazildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |