2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sirdaryolik tadbirkorlarning muammolari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Guliston shahri va Sirdaryo tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda Sirdaryo viloyati ishbilarmon va tadbirkorlarining muammolari o‘rganilib, ularga amaliy yordam berish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Adliya vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari Ruslanbek Davletov, Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Karimov va boshqalar mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlariga keng imkoniyatlar berilayotganini va bu ularning barcha sohalarda o‘z salohiyatini ko‘rsatishga katta zamin yaratayotganini, Prezidentimizning joriy yil 14 mayidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotganini alohida ta’kidladi. 

 

Mazkur hujjatga muvofiq, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Qabulxonalarda barcha darajadagi hokimliklar, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspeksiyasi, qurilish, davlat kadastri organlari, bank va boshqa tashkilotlarning hududiy organlari vakillari tomonidan tadbirkorlarning murojaatlari ko‘rib chiqilib, ularga huquqiy, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Ochik muloqot shaklida viloyat markazida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda Guliston, Yangier, Shirin shaharlari, Boyovut, Xovos, Guliston tumanlaridan, Sirdaryo tumanida o‘tgan uchrashuvda esa Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo tumanlaridan jami 600 nafardan ziyod tadbirkorlar ishtirok etdi.

 

Sayyor qabulda tadbirkorlar yer va banklar tomonidan imtiyozli kredit ajratish, elektr ta’minotidagi nosozliklar, do‘konlari buzilangan tadbirkorlarga shu paytgacha kompensatsiya pullari to‘liq to‘lanmayotgani kabi muammolar bilan murojaat qildi. 

 

Adliya vaziri tomonidan barcha murojaatlarni qanoatlantirish yuzasidan tuman, shahar hokimliklari, mutasaddi idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. 

 

– Ushbu sayyor qabulni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad – muammolarni o‘rganish va hal qilishga yordam berishdan iborat, – dedi Respublika Adliya vaziri R.Davletov. – Bundan buyon hech kim tadbirkorning mulkini to‘satdan buzib tashlay olmaydi. Endi o‘rta bo‘g‘in amaldorlari qonun bilan hisoblashib, ish ko‘rishiga to‘g‘ri keladi. 

 

– Men Guliston tumani Ishonch mahalla fuqarolar yig‘inida qolipli non ishlab chiqarish oilaviy korxonasini ochgan edim, – deydi tadbirkor Hafaza Rahimova. – Tuman elektrtarmoqlari tomonidan ogohlantirishsiz elektr energiyasini o‘chirilayotgani faoliyatimga zarar yetkazmoqda. Bundan tashqari, o‘z vaqtida soliq to‘laganimga qaramasdan, tuman davlat soliq idorasi tomonidan doim bankdagi hisob raqamim muzlatib qo‘yilmoqda. 

 

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Hafiza Rahimovaning birinchi muammosi viloyat, tuman elektrtarmoqlari bilan muhokama qilindi. Ogohlantirishsiz korxonani elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilgani uchun tadbirkor sudga ariza bilan murojaat qilishi, bunda aybdor tomonidan keltirilgan zarar undirish mumkinligi tushuntirildi. 

 

Ikkinchi muammo, viloyat hamda tuman davlat soliq idoralari rahbarlari bilan muhokama qilinib, agarda tadbirkorning qarzi bo‘lsa, tushuntirish, qaerda xatoga yo‘l qo‘yilganligini ko‘rsatish lozimligi, qarzi mavjud bo‘lmasayu arzimagan sabab bilan yuqoridagi holat takrorlanayotgan bo‘lsa, bu – tadbirkorning faoliyatiga to‘siq qo‘yish hisoblanib, soliq idorasi xodimiga nisbatan jazo choralarini qo‘llash kerakligi ta’kidlandi.

 

Kunning ikkinchi yarmida Sirdaryo tumanida tadbirkorlar bilan o‘tgan uchrashuvda ham ularning murojaatlari o‘rganilib, joyida hal etilishiga ko‘maklashildi. Barcha murojaatlar nazorat ostiga olindi.

 

Jumladan, Sayxunobod tumanida istiqrmat qiluvchi tadbirkor Dilfuza Ortiqova, xususiy klinikasiga xorijdan zarur tibbiyot uskunalari olib kirish uchun bankdan 130 ming AQSh dollari miqdorida 9 foizlik kredit mablag‘i so‘ragani, Hindistondan investitsiya olib kirish uchun memorandum imzolanib investor tomonidan shartnoma shartlari to‘liq bajarilgan bo‘lsada, bank esa asossiz ravishda kredit berishni rad etgani xususida murojaat qildi.

 

– Men ushbu uchrashuvdan qoniqish hosil qildim, – deydi D.Ortiqova. – Sayyor qabulda ko‘targan masalam yuzasidan Adliya vaziri rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi mavjud holatni zudlik bilan o‘rganib, tegishli tashkilotlarga uni hal etish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berdi. Umid qilamanki, men duch kelgan muammo tez kunlarda o‘z yechimini topadi.

 

– Har ikki hududda o‘tgan sayyor qabullarda ishtirok etgan 600 nafardan ziyod tadbirkor tomonidan 140 dan ziyod murojaatlar qabul qilindi, – deydi viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Inomjon Qudratov. – Ushbu murojaatlarning yer hamda imtiyozli kredit ajratish, buzilgan bino va inshootlari uchun kompensatsiya mablag‘larini undirish va boshqa masalalar yuzasidan muammolar bo‘ldi. Murojaatlarning 70 foizi joyida ko‘rib chiqilib hal etildi. Hal etilishi muddat talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi. Murojaatchilarning 5 foiziga huquqiy tushuntirishlar berildi.

20.11.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati

Foydali resurslar