
Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Sayxunobod va Sirdaryo tumani davlat xizmatlari markazlariga media-tur tashkil etildi. Unda markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari dastlab yaqinda foydalanishga topshirilgan Sayxunobod tuman davlat xizmatlari markazining yangi binosi bilan tanishdi. Markazning eng zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan jihozlangani, elektron navbat tizimi, infokioskning ishlab turgani hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarda shaffoflik mezoni ta’minlangani media-tur ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
– Tuman aholisiga markazimiz tomonidan 120 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda, – deydi Sayxunobod tumani davlat xizmatlari markazi direktori Sherzod Umarov. – Bu erda murojaatchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, murojaat etuvchilarning farzandlari uchun o‘yin maydonchasi, tibbiyot xonasi mavjud. Shuningdek, markazdagi tuman fuqarolik holati dalolatnomalari yozish bo‘limi, tadbirkorlar uchun Bosh vazir qabulxonasi, notarius xizmati fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
Media-tur ishtirokchilari Sirdaryo tumani davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bu erda ham aholiga yuqori darajadagi davlat xizmatlari ko‘rsatilayotganining guvohi bo‘ldi.
Tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 120 turda qariyb 50 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.
Davlat xizmatlari markazlariga uyushtirilgan media-turda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |