2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Chuqurqoq mahallasi obod bo‘lmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi eng chekka “Chuqurqoq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida maktabgacha ta’lim muassasasi filiali, davolash-profilaktika maskani hamda hammom foydalanishga topshirildi.

Tumandagi “Guliston” ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan 17-maktabgacha ta’lim muassasasining 30 bolaga mo‘ljallangan ushbu filiali ochilishi marosimida so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz tashabbusi bilan Orolbo‘yining chekka qishloqlarini obodonlashtirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, muammolarini joyida bartaraf etish, ijtimoiy infratuzilma inshootlarini qurish va foydalanishga topshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

 

Avgust oyida Nukus shahridan 230 kilometr uzoqda joylashgan ushbu mahalla fuqarolar yig‘ini mutasaddilar tomonidan o‘rganilgan edi. Uchrashuvda 700 dan ziyod aholi istiqomat qiladigan hududda yo‘l qurilishi, yer maydoni ajratish, aloqa xizmati, turar joy bilan ta’minlash, maktab va maktabgacha ta’lim, tibbiy hamda kommunal xizmat ko‘rsatishda muammolar mavjud ekanligi aniqlangan edi.

 

O‘tgan qisqa vaqt mobaynida mahallada bir qator qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borildi. Yangidan foydalanishga topshirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi filialida bolalar qamrovini kelgusi yilda 50 nafarga yetkazish rejalashtirilgan. 

 

Shu kuni 65-qishloq oilaviy poliklinikasining davolash- profilaktika muassasasi ham qayta ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish shoxobchasiga maxsus avtomashina berildi.

 

Shuningdek, mahalla aholisi uchun hammom foydalanishga topshirildi.

 

Tuman avtomobil yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan ichki yo‘lning 1,3 kilometr qismi ta’mirlanib, suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi va 1,2 kilometr suv tarmog‘i qurildi. Natijada 78 xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Shuningdek, 33-umumta’lim maktabida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

 

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi homiyligida tuman hokimligi tomonidan kam ta’minlangan oilalarning turar joylari ta’mirlanib, “O‘zbekoziqovqatsanoatxolding” xolding kompaniyasi tomonidan kam ta’minlangan 13 oilaga quyosh batareyalari homiylik asosida o‘rnatib berildi.

 

Mahallada bunday bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

05.11.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati

Foydali resurslar