2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Adliya organlarining xodimlari fuqarolarning murojaatlarini oʻz vaqtida qonuniy hal etishga masʼuldir

2019-yilning 26-oktyabr kuni Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hayʼat majlisi oʻtkazildi.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligida boʻlib oʻtgan majlisda adliya organlari va muassasalari tomonidan qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash sohasida 2019-yilning 9 oyligi davomida amalga oshirilgan ishlar, davlatimiz rahbari tomonidan adliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan qator farmon va qarorlarining hisobot davridagi ijrosi, vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalda taʼminlanayotganlik darajasini oʻrganishga qaratildi. Bu haqida vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.

 

Videokonferensaloqa shaklida oʻtkazilgan tadbirda adliya organlari va muassasalarining barcha darajadagi rahbar va masʼul xodimlari ishtirok etdi.

 

Keltirilishicha, vazirlik tashabbusi bilan 186 ta normativ-huquqiy hujjatlar (2017-yil 9 oyida 112 ta, 2018-yil 9 oyida 212 ta), shu jumladan 38 ta qonun, 49 ta Prezident hujjatlari (2018-yil 9 oyida 44 ta), 74 ta Hukumat hujjatlari, 25 ta (2018-yil 9 oyida 44 ta) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilgan.

 

Mazkur hujjatlarning 24 tasi bevosita Davlat xizmatlari agentligi, 20 tasi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti, 10 tasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ishlab chiqildi.

 

1 907 ta qonun hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.

 

439 ta (2017-yil 9 oyida 316 ta, 2018-yil 9 oyida 474 ta) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

 

Vazirlik tizimining asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri sifatida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash, ularda koʻtarilgan muammolarga oʻz vaqtida yechim topish hisoblanadi.

 

Kelib tushgan jami 82 ming 300 dan ortiq murojaatlarning qariyb 66 ming 500 dan ortigʻi (yaʼni, 80 foizi) qonuniy hal etildi.

 

Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tashkil etilgan shaxsiy va sayyor qabullarda esa 24 ming ta murojaat qabul qilingan va ularning 90 foizi qonuniy hal etilgan.

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 957 ta (2017-yil 9 oyida 714 ta, 2018-yil 9 oyida 687 ta) normativ tusdagi qarorlari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, xulosalar berildi.

 

Aniqlangan 1 mln 387 mingdan ortiq (2018-yil 9 oyida 387 ming 869 ta) qonun buzilish holatlarini bartaraf etish boʻyicha 15 ming 548 ta (2018-yil 9 oyida 6 ming 774 ta) taqdimnoma, 58 ming 506ta (2018-yil 9 oyida 18 ming 346 ta) ogohnoma kiritildi, 4 ming 765 nafar shaxslar maʼmuriy (2018-yil 1 yarmida 513 nafar), 8 ming 596 nafar shaxs (2018-yil 9 oyida 3 ming 604 nafar) intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 351 nafar (2018-yil 9 oyida 346 nafar) xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

 

Kiritilgan taqdimnomalarga asosan mansabdor shaxslarning noqonuniy 135 ta hujjatlarning ijrosi toʻxtatildi, 1 523 tasi bekor qilindi.

 

Shuningdek, sudlarga 148 mlrd 212 mln soʻmlik 12 303 ta daʼvolar kiritilib, 94 mlrd 664 mln soʻmlik 9 866 ta daʼvolar qanoatlantirildi. (2018-yil 9 oyida 30 mlrd 453 mln soʻmlik 7 914 ta daʼvo ariza kiritilib, 24 mlrd 587 mln soʻmlik 8 592 ta daʼvo arizasi qanoatlantirilgan).

 

Fuqarolarga 238 mln soʻmlik (2018-yil 9 oyida 108 mln soʻm) maʼnaviy zararlar undirib berildi.

 

Aholining huquqiy ongini oshirish boʻyicha 269 mingdan ortiq (2018-yil 9 oyida 127 356 ta) targʻibot tadbirlari oʻtkazildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2 baravarga oshdi.

 

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga 8 mln. 900 mingdan ortiq (2017-yil 9 oyda 94 mingta, 2018-yil 9 oyda 2 mln 655 mingta) xizmatlar koʻrsatildi. Bu raqam oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,3 baravarga koʻp deganidir.

 

Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2 ming 96 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi.

 

Davlat notarial idoralari tomonidan 3 mln. 24 mingdan ortiq harakatlar rasmiylashtirilib (2017-yil 9 oyda 4 mln 076 ta, 2018-yil 9 oyda 3 mln 192 ta), 573 mlrd. soʻm (2017-yil 9 oyda 316 mlrd, 2018-yil 9 oyda 466 mlrd soʻm) miqdorida davlat boji, 36 mlrd. (2017-yil 9 oyda 11 mlrd, 2018-yil 9 oyda 20 mlrd soʻm)gerb yigʻimlari va 157 mlrd. (2017-yil 9 oyda 34 mlrd, 2018-yil 9 oyda 68 mlrd soʻm) pullik xizmat undirildi.

 

Majlis davomida amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda soha faoliyatida yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar, muammoli masalalar hamda ularni bartaraf etish yoʻllari haqida ham soʻz bordi.

 

Yigʻilishda mavjud kamchiliklar tahlil etilib, bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar belgilandi.

27.10.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar