
Boysun tumanida “Boysun baraka chevarlari” korxonasi foydalanishga topshirildi.
Tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan yangi korxonaning tantanali ochilish marosimida viloyat va tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning bandlik masalasini hal etishga qaratilayotgan eʼtibor aholi zich yashaydigan, mehnat resurslari koʻp hududlarda qishloq ayollarini ish bilan taʼminlashda yuksak samaralar berayotgani taʼkidlandi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus bu boradagi ishlarni yangi bosqichda rivojlantirishda muhim omil boʻlmoqda.
Yengil konstruksiyali qurilish materiallari asosida bir oyda qurib bitkazilgan korxona ishga tushirilishi bilan 150 nafar xotin-qizning bandlik masalasi hal etildi. Xitoy, Turkiya va Yaponiyada ishlab chiqarilgan eng zamonaviy tikuv dastgohlari bilan jihozlangan zamonaviy majmuada kiyinish, yuvinish, dam olish, tibbiyot xonalari, oshxona va boshqa yordamchi xonalar barpo etilgan. Togʻli tumanda yangi korxonani qurib, jihozlash uchun 1 milliard 700 million soʻmga yaqin mablagʻ sarflandi.
Kelgusida bu yerda yana 150 xotin-qizning bandligi taʼminlanib, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning bir qismini xorijga eksport qilish moʻljallanmoqda.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov soʻzga chiqdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |