
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yangi qurib bitkazilgan Davlat xizmatlari markazi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.
Markazda tuman adliya va FHDYo bo‘limlari, notarius va Bosh vazirning tadbirkorlar qabulxonasi joylashgani fuqarolarga anchagina qulayliklar yaratadi. Shuningdek, binoda kafe, bolalar xonasi, tibbiyot xonasi, investorlar xonasi, elektron navbat tizimi joriy etilgan bo‘lib, xalq banki kassasi ham joylashtirilgan. Tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra barcha shart-sharoitlarga ega markazda kuniga 300 nafardan ortiq fuqarolarga 120 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.
Binoning kirish qismida QR kodlari ustuni fuqarolar e’tiboriga havola etilgan bo‘lib, unda Davlat xizmatlari markazida ko‘rsatadigan xizmat turlari haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.
3 milliard 300 million so‘m mablag‘ evaziga barpo qilingan 2 qavatli ushbu zamonaviy bino “Madina Savdo belgisi“ xususiy qurilish korxonasi tomonidan 5 oy davomida qurib bitkazildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |