2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat hokimi Jondor tumanida “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloqlarda bo‘ldi

Viloyat hokimi O‘ktam Barnoev joylarda borayotgan sa’y-harakatlar, izchil amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Jondor tumanida bo‘ldi.

Ta’kidlash kerakki, hududda “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ro‘yobga chiqarilayotgan loyihalar haqida har qancha gapirsa, oz. Bunyodkorliklar epkini eng chekka hudud sanalgan "Og‘ar", "Oxshix" va "Xumin" qishloqlariga ham yangilanish nafasini olib kirdi. Buni odamlarning fikri, yuzi va ko‘zi nurafshonligidan, dunyoqarashi o‘zgarib borayotganidan ham bilish mumkin. Aholining turar joyga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida keyingi ikki yilda 113 ta oila yangi uy-joyga ko‘chib o‘tdi. Mustaqilligimizning 28-yilligi kunlarida tuman markazida ikkita ko‘p qavatli zamonaviy uy foydalanishga topshirildi. Yana 67 ta yosh oila shu kunlarda havas qilsa arzigulik boshpanasiga ega bo‘ldi. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalardan 10 tasi imtiyozli tartibda yangi uy bilan ta’minlandi.

Birgina tuman markazida 10 kilometrdan ziyod suv quvuri yangisiga almashtirildi va aholi toza ichmlik suvi bilan ta’minlandi. Yuqorida qayd etilgan “Obod qishloq” davlat dasturiga kiritilgan qishloqlar aholisining “obi hayot”ga bo‘lgan ehtiyoji qondirilib, 66 kilometr ichki yo‘llar ta’mirdan chiqarildi. Shundan 35 kilometr qishloqlar ichki yo‘li asfalьtlashtirildi. Tumanning "Dalmun", "Og‘ar" va "Oxshix" qishloqlarida oilaviy poliklinikalarning yangi binolari qurib, foydalanishga topshirildi.

Tumanda 12-son umumta’lim maktabi va Qipchoq qishlog‘ida ushbu ta’lim dargohining 210 o‘quvchiga mo‘ljallangan filiali yangi binosi, 18-son umumta’lim maktabida ham xuddi shuncha o‘quvchi o‘rniga mo‘ljalangan qo‘shimcha bino, 32-son umumta’lim maktabining yangi o‘quv korpusi bunyod etildi. Bu erdagi qurilish ishlariga davlat byudjeti hisobidan jami 13,7 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Qolaversa, yangi o‘quv yilidan 8 ta qishloqda bittadan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi, "Romish", "Qovchin", "Darveshi", "Tinchlik", "Pochchoyi", "Jamiyat", "Oqtepa", "Zarafshon" mahalla fuqarolar yig‘inlarida davlat xususiy sherikchiligi asosida, “Obod qishloq” davlat dasturidan o‘rin olgan "Oxshix", "Og‘ar" hamda "Qalmoq" qishloqlarida davlat mablag‘lari hisobidan barpo etilgan bog‘chalar foydalanishga topshirildi. Bu sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq, hududda maktabgacha ta’lim yoshida bo‘lgan bolajonlarni MTMlarga qamrab olish koeffitsientini 60 foizga etkazish talabi qo‘yilgan.

Bu yilgi dasturga kiritilgan 3 ta qishloqda ayni kunda 1600 ga yaqin xonadon, 8 ming aholi istiqomat qilayotgan bo‘lsa, yuqoridagi kabi ijtimoiy ob’ektlar qurilishi, hudud infratuzilmasini tubdan yaxshilash ishlariga 43 milliard 89 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Davlat moddiy qo‘llab-quvvatlashi evaziga hududlarda 10 ta ijtimoiy soha ob’ekti, shundan, 2 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 4 ta maktab, 1 ta sport maktabi, 3 ta sog‘liqni saqlash ob’ektini ta’mirlash, 28,7 kilometr ichimlik suvi tarmog‘ini qurish, 30,3 kilometr ichki yo‘l rekonstruktsiyasi, 2,65 kilometr tabiiy gaz tarmog‘ini joriy ta’mirlash va 60 ta suyultirilgan gaz ballonini etkazib berish, 27,2 kilometr elektr tarmog‘ini tortish, 163 ta tayanch ustunini o‘rnatish  va 9 ta transformatorni almashtirish, 21 ta bozor infratuzilma ob’ekti, shuningdek, 3 ta avtobekat qurilishi ko‘zda tutilgandi.

Bugunga kelib bu ishlar deyarli to‘liq bitkazilgan va ba’zi ob’ektlarda so‘nggi pardozlash ishlari davom etmoqda. Dasturga kiritilgan qishloqlarda sizot suvlari sathini pasaytirish maqsadida jami 31 kilometrga irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini tozalash ishlari ham muvaffaqiyatli nihoyalandi. Tungi ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha jami 200 ta ko‘cha chirog‘idan "Oxshix" qishlog‘ida 80 ta, "Xumin"da 60 ta va "Og‘ar"da 60 tasi o‘rnatilgan.

Dasturga asosan jami 537 ta uy-joydan 69 ta yakka tartibdagi xonadonning uyi tom qismini, 320 ta uyning fasad qismini ta’mirlash, 51 ta uyning darvozasini o‘rnatish, 76 ta uyning hojatxona qismini risoladagidek ko‘rinishga keltirish ko‘zda tutilgandi. Hozirda barcha uylarda qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga etkazilgan. Qolaversa, aholiga transport xizmati ko‘rsatish tizimini yaxshilash bo‘yicha dastur doirasida 3 ta qishloqda tashabbuskorlar tomonidan avtobekat qurilishi belgilangan bo‘lib, 1 tasida qurilish ishlari tugatilgan. "Oxshix" va "Og‘ar" qishloqlarida esa qurilish ishlari davom ettirilmoqda.

Kun sayin ko‘rkam qiyofa kasb etib borayotgan hududlar bilan tanishgan viloyat rahbari qurilish-ta’mirlash tashkilotlari, pudratchi korxonalar rahbarlari mas’uliyatini yanada oshirish, ijtimoiy infratuzilma obьektlari dizaynini zamon talablariga mos holda bo‘lishini ta’minlash yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.

16.10.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar