
Bugun tumandagi aksariyat ko‘chalar yillar mobaynida aholining davomiy muammosi bo‘lib kelgan.
Mazkur muammolarni bartaraf etish, aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida Samarqand tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 52 kilometr masofadagi 50 ga yaqin markaziy va ichki ko‘chalar ta’mirlandi. Bu ishlarga 9 milliard 14 million so‘m mablag‘ sarflandi.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari asosida mahallalar qiyofasi ko‘rkamlashmoqda. Jumladan, Parrandachilik mahallasining ichki 2,518 kilometr qismiga 442 million 569 ming so‘m mablag‘ ajratilib, 939 metrga asfalt hamda 1,579 kilometrga tosh-shag‘al yotqizish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, Gulobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi yo‘llarni ta’mirlash ishlari uchun jami 1 milliard 827 million so‘m mablag‘ sarflandi.

Natijada, 3,082 kilometrga asfalt va 8,352 kilometrga tosh-shag‘al yotqizildi. Pulimug‘ob mahallasining 2,566 kilometr qismiga 1 milliard 6 million 843 ming so‘mlik asfalt yotqizildi.
Umuman olganda “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha 16,518 kilometr yo‘lga 3 milliard 276 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Tumandagi markaziy ko‘chalar, qishloq aholi punktlarini joriy ta’mirlash manzilli dasturi tasdiqlangan bo‘lib, 15 ga yaqin mahallaning ichki yo‘llariga 8,2 kilometr asfalt yotqizildi. Mazkur ishlar bugungi kunda ham qizg‘in davom ettirilmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |