
O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Majlisi Federal Kengashi Raisi Valentina Matvienko boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi 2019 yil 2 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboeva hamrohligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalari faoliyati bilan tanishdi.
Martabali mehmon mamlakatimizda aholi muammolari bilan ishlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yangi tizim haqida xabardor etildi. Ta’kidlanishicha, Prezident Xalq qabulxonalari nafaqat fuqarolar murojaatlarini qabul qiladi va eng muhim masalalarni hal qilish bo‘yicha choralar ko‘radi, balki joylarga borib aholini tashvishga solayotgan muammolarni o‘rganadi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birga ularni hal qilish yo‘llarini ishlab chiqadi. Bunda xalq qabulxonalari aholi bilan bevosita muloqotni ta’minlashga, bu yo‘nalishda davlat organlarining javobgarligini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Shuningdek, Xalq qabulxonalari hududlardagi ijtimoiy holatni o‘rganishda va jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda aholining muammolarini hal qilishda ochiqlik, shaffoflik va xolislikni ta’minlash choralarini ko‘rishi ta’kidlandi.
O‘zA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |