Hududlarda tadbirkorlarning murojaatlari bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish maqsadida Adliya vaziri boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 18 sentyabr kuni Andijon viloyatida tadbirkorlik sub’ektlari bilan sayyor qabullar o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida bir qancha tadbirkorlarning ko‘pdan beri qiynab kelayotgan muammolari o‘z echimini topdi.
Jumladan, Xonobod shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “Lens textile invest” MChJ hozirgi kunda 240 nafar ishchi o‘ringa ega bo‘lib, bu erda bolalar, ayollar va erkaklar kiyimlari ishlab chiqariladi.
Tadbirkor tomonidan o‘z ishlab chiqarish faoliyatini yanada kengaytirish, qo‘shimcha 100 nafar ishchi o‘rinlarini yaratish hamda xorijiy davlatlarga eksport hajmini yanada oshirish maqsadida Turkiya va Xitoy davlatlaridan jami 644 ming AQSh dollarlik qo‘shimcha dastgohlar sotib olish uchun shartnoma imzolangan.
Tadbirkor tomonidan ushbu loyihaning 622 ming AQSh dollari kredit evaziga amalga oshirilishi belgilangan, biroq shu kunga qadar barcha hujjatlar taqdim etilishiga qaramay tadbirkorga kredit ajratilmay kelingan.
Adliya vaziri boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan tadbirkor murojaati joyida ko‘rib chiqilib, Respublika “O‘zsanoatqurilishbank”i tomonidan tadbirkorga 500 ming AQSh dollari miqdoridagi kredit ajratilishi ta’minlandi.
“Lens textile invest” MChJ tomonidan aylanma mablag‘ va dastgohlar sotib olish uchun kredit olmoqchi edik, shu muammo anchadan buyon hal bo‘lmay kelayotgan edi. Adliya vazirining sayyor qabulini eshitib biz ham shu masalada qabullarida bo‘ldik, Adliya vaziri tomonidan shu joyning o‘zida Respublika “O‘zsanoatqurilish” banki bilan bog‘lanib bizning muammoni qonuniy hal qilib berdi. Hozirgi kunda biz ushbu ajratilgan kredit evaziga yangi tikuv dastgohlarini sotib olib, yana qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratyapmiz. Buning uchun davlatimiz rahbariga va Adliya vaziriga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz deydi – MChJ rahbari bilan suhbat davomida.
Kechga qadar davom etgan ushbu sayyor qabul davomida ko‘plab tadbirkorlarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |