
Surxondaryo viloyati Angor tumanining ijtimoiy-iqitisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2-sektor shtabida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Qudratxo‘djaev Botir Baxromovich raxbarligida bo‘lib o‘tgan bo‘lib o‘tgan navbatdagi sayyor qabulda viloyat, tuman hokimiyati vakillari, viloyat prokurorining o‘rinbosarlari hududda faoliyat olib borayotgan aloqadar korxona va tashkilotlarning mas’ul rahbarlari ishtirok etishdi.
Qabul jarayonida mavjud muammolar atroflicha o‘rganilib, viloyatda istiqomat qilayotgan 80 nafardan ortiq fuqarolardan tushgan turli mavzulardagi murojaatlar fuqarolar ishtirokida muhokama qilingani holda ularning 10 dan ortig‘i sayyor qabul davomida hal etildi.
Aytish o‘rinliki, mazkur sayyor qabul davomida ko‘rib chiqilgan aholi murojaatlarining asosiy qismini uy – joy bilan ta’minlash, shuningdek, mavjud uy – joyini ta’mirlashga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qilingan murojaatlar tashkil etdi. Bundan tashqari, kredit olish, ishga kirish masalalaridagi muammolar ham bor.
Murojaat etgan fuqarolardan biri Termiz shahar “Yulduz” mahallasida yashovchi Saodat Itolmasova qizining Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limi tomonidan ichki ishlar organlariga ishga tiklab berilishi munosabati bilan o‘zining minnatdorchiligini bildirdi.
Yakunda ayrim murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganib chiqish bo‘yicha mas’ullarga zaruriy topshiriqlar berildi. Albatta, bu kabi sayyor qabullar fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini berayotganligi bilan yanada ahamiyatli bo‘lmoqda.
Majburiy ijro byurosi
Surxondaryo viloyat boshqarmasi
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |