
Fargʻona viloyatidagi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan joylarda koʻchma shoxobchalar, sayyor qabullar tashkil etilib, fuqarolarning davlat xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlari qondirilmoqda.
– Biz fuqarolar va yuridik shaxslar bilan ishlashda faqatgina “kabinet” tizimida cheklanib qolganimiz yoʻq, – deydi Davlat xizmatlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi Raʼno Boyqoʻziyeva. – Oʻtgan davr mobaynida viloyatdagi 19 Davlat xizmatlari markazi tomonidan 1 ming 410 tadbirkorlik subyekti sayyor hamda 707 tadbirkorlik subyekti qayta roʻyxatdan oʻtkazildi.
Quvasoy shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda tadbirkorlarga davlatimiz rahbarining 2018-yil 11-aprelda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Davlat xizmatlari markazi tomonidan yaratilgan qulayliklar va imkoniyatlar haqida ham maʼlumot berildi.
– Tadbirkorlikning biror bir faoliyat turi bilan shugʻullanmoqchi boʻlsangiz, litsenziya olish uchun Toshkentga borishga toʻgʻri kelar edi, –deydi “Kamronbek rivoji” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Alisher Shahanov. – Bu jarayondagi turli korrupsion toʻsiqlar, sansolarliklar koʻp ishbilarmonlarni tadbirkorlikdan “toʻydirib yuborgani” ham hech kimga sir emas. Hozirchi? Davlat xizmatlari agentligining joylardagi markazlari tomonidan murojaatlarimiz tez fursatlarda hal etilmoqda. 10-15 kunda barcha hujjatlar tayyorlanib, ortiqcha ovoragarchiliksiz litsenziya olish imkoniyatiga ega boʻldik. Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektidagi kommunal xizmatlarni tashkil etish, roʻyxatdan oʻtkazish ham bevosita tuman va shahar Davlat xizmatlari markazi orqali olib borilmoqda.
Tadbirkorlikka ilk qadam Davlat xizmatlari markazlaridan boshlanadi. Aynan bu yerda biznesni roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni amalga oshiriladi. Kelgusida mazkur sohada ishlarni yanada rivojlantirish orqali davlat xizmatlarini soddalashtirish va aholiga qulayliklar yaratish koʻzlangan. Jumladan, davlat xizmatlari 2021-yilga qadar 160 taga yetkaziladi. 20 dan ortiq davlat organlari tegishli qogʻoz koʻrinishidagi maʼlumotnoma va hujjatlarni raqamlashtirish va Elektron hukumat tizimiga integratsiya qilish rejalashtirilgan. Bu orqali muayyan davlat xizmati uchun zarur boʻlgan hujjatlarni boshqa davlat organlaridan fuqaroni ovora qilmasdan, mustaqil ravishda elektron tizim orqali olish imkoniyati yaratiladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |