Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻyildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qoʻydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Islom Karimov 2016-yil 2-sentyabr kuni vafot etgan edi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning qaroriga koʻra har yili bu sana Xotira kuni sifatida yod etilmoqda.

Birinchi Prezidentning qatʼiyati va jasorati bilan yurtimiz mustaqillikka erishgan, taraqqiyot yoʻlida ulkan muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritgan. Islom Karimovni qancha eʼzozlasak, xalqimizga, yoshlarimizga maʼnaviyat yetkazgan boʻlamiz, deya taʼkilagandi Shavkat Mirziyoyev.

Ushbu marosim ham davlat va jamoatchiligimizning Islom Karimovga hurmati ifodasi boʻldi.

Qurʼon tilovat qilindi. Birinchi Prezidentimizning hayoti va faoliyati, orzu-istaklari, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni taʼminlashdagi xizmatlari yodga olindi.

Gul qoʻyish marosimida parlament va hukumat aʼzolari, fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, yoshlar ishtirok etdi.

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qoʻyildi.

O'zA

02.09.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar