Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Sayyor qabulda oromgoh masalasi ko‘rildi

Qo‘ziboy O‘ljaev va Zohir Bozorovga O‘zbekiston fuqaroligini olish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi. Normurod Tog‘aevning pensiyaga doir muammosini bartaraf etish bo‘yicha tuman pensiya jamg‘armasiga vazifa yuklatildi.

Bu masalalar Navoiy viloyati Nurota tumanining olis hududlaridan biri -“Sentob” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabulda hal etildi. 

 

Unda fuqarolarni qaynab kelayotgan o‘n beshdan ortiq masala ko‘tarildi. Shundan uchtasi shu joyni o‘zida hal etilib, qolgani nazoratga olindi. Xususan, Hamro Ro‘ziboevning murojaatiga ko‘ra, Nurota tumanida bolalar uchun yozgi oromgohlar mavjud emas,bu esa nurotalik bolalarning uzoq Zarafshon shahridagi oromgohlarda hordiq chiqarishiga sabab bo‘lmoqda. Vaholanki, xorijiy sayohlar dam olayotgan Sentob qishlog‘ining o‘zida ekooromgohlarni tashkil etish imkoniyati mavjud. Shu bois mazkur murojaat tuman hokimligini nazoratga olindi.

 

photo5413419635518319242.jpg

 

Sayyor qabul yakunida Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan jismoniy imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan fuqaroga nogironlik aravachasi, qo‘ltiqtayoq va quloqchinlar berildi. 

 

Shuningdek, sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolarga badiiy adabiyotlar tarqatildi.

Sayyor qabulda Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Sh.Bahronov Nurota tuman hokimi U. Xalilov va boshqalar ishtirok etdi.

 

O‘zA

28.08.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar