Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
216 oila yangi uyga koʻchib oʻtdi

Navoiy shahrida davlatimiz mustaqilligining 28 yilligi arafasida 216 xonadondan iborat 7 qavatli turarjoy binosi foydalanishga topshirildi.

Bugun respublikamizning barcha hududlarida ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, Navoiy viloyatida ham keng koʻlamli qurilishlar davom etmoqda. Istiqlol shukuhi kezib yurgan mana shunday qutlugʻ kunlarda viloyatning tuman va shaharlarida oʻnlab ijtimoiy soha obyektlari, turarjoylar foydalanishga topshirilmoqda.

 

Joriy yilda Navoiy viloyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj mingdan ortiq oilalar uchun turarjoylar bunyod etilgan boʻlsa, Navoiy shahrida 400 ga yaqin shinam xonadonlar foydalanishga topshirildi. Shuningdek, shaharda xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan bugunga qadar 480 xonadonli koʻp qavatli uylar qurilishi olib borilayotgani aholining uy-joy bilan bogʻliq ehtiyojlarini qanoatlantirishga xizmat qilmoqda.

 

Qisqa muddatda “ZARAFSHON GOLDEN GROUP” kompaniyasi tomonidan 17 milliard 100 million soʻmdan ortiq mablagʻ evaziga bunyod etilgan turarjoy majmuasida 216 ta oilaning istiqomat qilishi uchun barcha imkoniyat yaratilgan. Birinchi qavatda 16 ta savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, hovlisida bolalar maydonchalari, hordiq uchun ayvonchalar va oʻrindiqlarning yangicha dizayn bilan oʻrnatilgani har qanday kishining koʻzini quvnatadi.

 

Turar joy majmuasining ochilish marosimida viloyat hokimi Q.Tursunov soʻzga chiqdi.

 

Nuriddin RAHIMOV, OʻzA

28.08.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar