
– To‘qqiz oy avval bu yerlar taqir tuproq edi. Quruvchilar bor bo‘lsin,cho‘l bag‘rida bir mo‘jiza yaratishdiki, uchquduqlik aholi bundan mamnun, – deydi nuroniy otaxon Abdulla Karimbaev.
Yangi ob’ekt mahalliy budjet hisobidan qurilib, xalq ixtiyoriga topshirildi. Markaz binosi noan’anaviy arxitektura va milliy me’moriy yechim bilan uyg‘unlashgan. Xalq kiradigan joy shinam va obod bo‘lishi uchun alohida e’tibor qaratilgan. Elektron navbat, kutish zali, bolalar maydonchasi, internetdan foydalanish uchun bepul WiFi tashkil etilgan. Markaz bir vaqtning o‘zida 11 ta qabul oynasida murojaatchilarga xizmat ko‘rsata oladi. Zamonaviy jihozlangan zalda 5 ta monitorda 100 dan ortiq davlat xizmati turlari yuzasidan ma’lumotlar markazga keluvchi fuqarolar uchun taqdim etilgan.

– Uchquduq tumani davlat xizmatlari markazi yil boshidan shu kunga qadar aholiga 8500 ta davlat xizmatini ko‘rsatdi. Kundan kunga xizmatga bo‘layotgan ehtiyoj ko‘payayotgani bois avvalgi bino kichik, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish uchun torlik qilardi. Yashirmaymiz, juda noqulay edi. Mana endi xalq kirsa kirgulik, milliy va zamonaviy dizayndagi arxitektura, keng va yorug‘ zal, xizmat oynalari bari-bari ko‘ngildagidek… Bunday sharoitda ishlash xodimlar uchun ham, markaz xizmatidan foydalanishga kirgan odamlar uchun o‘zgacha kayfiyat ulashadi, – deydi markaz direktori Umar Xudoyqulov.

Markaz binosida tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi,tadbirkorlar uchun bosh vazir qabulxonasi ham ish boshladi. Bu birinchi markaz emas, viloyatda Uchquduq davlat xizmatlari markazi o‘z faoliyatini yangi binoda boshlagan to‘rtinchi markazdir. Yana Navbahor va Xatirchi tumanlarida ham markazlarning yangi binolari ish boshlash arafasida.

DXA Navoiy viloyati
boshqarmasi matbuot xizmati.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |