
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yoʻldoshev fuqarolarni videokonferens-aloqa tizimi orqali, yaʼni masofadan turib onlayn qabul qildi.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, qabul davomida Bosh prokuror tomonidan 26 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakili qabul qilinib, ularning murojaati tinglandi.
Murojaatlarning 17 tasi sud, 2 tasi prokuratura, 5 tasi ichki ishlar, 1 tasi xalqaro hamda 1 tasi tadbirkorlik faoliyati masalasiga oid boʻldi.
Bosh prokuraturada barcha qulayliklarga ega boʻlgan fuqarolar qabulxonasi boʻlib, fuqarolar hamda yuridik shaxslarning vakillari hech bir toʻsiqlarsiz kirishlari, oʻzlarini qiziqtirgan masala yoxud muammolari yuzasidan prokuratura xodimlari qabulida boʻlib, murojaatlarini qoldirishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Biroq shu kuni Toshkent shahrida yashovchi Ye.Urlayeva bir guruh shaxslar bilan birga Bosh prokuraturaning maʼmuriy binosi oldida Bosh prokuror tomonidan fuqarolarning qabuli oʻtkazilmaganligi haqida norasmiy norozilik namoyishi oʻtkazishdi.
Shuningdek, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida yashovchi M.Akbarova va Toshkent shahrida yashovchi Sh.Yuldasheva hamda boshqa shaxslar Bosh prokuraturaning fuqarolarni qabul qilishga ixtisoslashmagan binosi oldida odamlarning eʼtiborini oʻziga jalb qilib, tartibga amal qilmasdan, ushbu binoga kirishga harakat qilishib, norasmiy norozilik namoyishi oʻtkazishdi.
Maʼlumot tariqasida: M.Akbarova 24.03.2019-yilda Bosh prokuror sayyor qabulida, Sh.Yuldasheva 20.04.2018-yil, 09.02.2019-yil hamda 25.03.2019-yilda Bosh prokuror qabulida boʻlishgan va ularning murojaatlari Bosh prokuratura tomonidan tegishli tartibda koʻrib chiqilib, javob xatlari berilgan.
Bosh prokuratura tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish hamda murojaatlarini koʻrib chiqish borasida ishlar davom ettirilmoqda.
OʻzA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |