Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Bositxonova Jizzaxda xotin-qizlar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Bositxanova Jizzax viloyatida xotin-qizlar bilan uchrashuvlar, sayyor qabullar oʻtkazdi.

Viloyat hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisidagi maʼruzasida belgilab berilgan vazifalar asosida Xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar turmush tarzini yaxshilashdagi taʼsirini kuchaytirish singari masalalari koʻrib chiqildi.

 

Unda soʻzga chiqqan Jizzax viloyat xokimi E. Soliyev va boshqalar soʻzga chiqib Xotin-qizlar qoʻmitalari faoliyatini oddiy, sodda va xalqchil boʻlishini taʼminlash, tizimning nizomiy vazifalarini bajarishdagi, aholi, xususan oddiy, sodda, xalqchil va samarali faoliyat yuritish mexanizmlarini qanday boʻlishi toʻgʻrisida fikr va mulohaza bildirdi.

 

Yigʻilishda Ayollar reabilitatsiya markazi, Ayollar maslahatxonasi, Qizlar salomatligi markazi, Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, Mahalla idorasi kabi ijtimoiy tuzilmalarning faoliyatini yaxshilash, Prezidentimiz besh muhim tashabbusning 5-yoʻnalishi – ayollarni ish bilan taʼminlash va ularga kreditlar berish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari bilan yuzma-yuz suhbatlar oʻtkazish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻyicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi. Ijtimoiy yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan, faol boʻlmagan yosh qizlarni “Qizlarjon” klubi atrofida birlashtirish, xotin-qizlar qoʻmitasining sayyor qabullarini tashkil etish masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Jizzax shahridagi tantanalar majmuasida oʻtkazilgan uchrashuvda ogʻir ijtimoiy sharoitda yashayotgan, nogironligi boʻlgan xotin-qizlarga reabilitatsiya vositalari va maishiy texnika buyumlari, Mirzachoʻl, Baxmal tumanlari va Jizzax shahrida yashovchi xotin-qizlarga uy-joy kalitlarini topshirdi

 

Bosh vazir oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Bositxanova, Mirzachoʻl tumanida reabilitatsiya markazining tantanali ochilish marosimi qatnashdi. Shu yerda fuqarolarning sayyor qabuli tashkil etildi.

 

T. BEKNAZAROV. OʻzA.

15.07.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar