2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Moʻynoqda 350 nafar xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi

Moʻynoq tumani markazida qurilib bitkazilgan 350 ta oʻringa moʻljallangan “Moʻynoq porloq tekst“ MCHJga qarashli tikuvchilik fabrikasi oʻz ishini boshlash arafasida.

Qurilish ishlari shu yilning fevral oyida boshlangan fabrikaga Xitoy va Turkiyadan olib kelingan eng soʻnggi zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ishlaydigan 320 dona tikuv mashinalari va dazmollar oʻrnatildi. Unda xizmatchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ishchilarning kasbiy malakasini orttirishda Namangan viloyatidan tajribali mutaxassislar biriktiriladi.

 

MCHJ qoshida fabrikada tikilgan kiyim-kechaklarni sotish uchun maxsus doʻkon tashkil qilingan.

 

Korxona mahsulotlari, xususan koʻylak, futbolka, kurtka kabi kiyim-kechaklar eksportga, Rossiya, Qozogʻiston hamda Yevropa davlatlariga eksport qilinishi ham rejalashtirilgan.

 

Moʻynoqda shuningdek, yaqinda ishga tushgan gʻisht zavodida kuniga 63 ming donaga yaqin gʻisht chiqarilmoqda. Korxonada 45 nafar ishchining bandligi taʼminlangan. Ularning koʻpchiligi tuman yoshlaridir.

 

Yil boshidan buyon tumanda 4ta joyda transformator punktlari oʻrnatildi. “Obod qishloq” davlat dasturining tuman hududidagi ijrosi doirasida “Hakim ata“ va “Qazaqdarya“ qishloq punktlarida 12ta transformator toʻliq taʼmirdan chiqarildi. Ushbu ishlarga jami 4 milliard 178 million 800 ming soʻm miqdorida mablagʻ sarflangan.

 

Ye.Qanoatov, OʻzA

14.07.2019

Foydali resurslar