Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Muammolarning aksariyati joyida yechim topyapti

Sektor rahbarlari tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar odamlarning dardini eshitish, og‘irini engil qilish yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Jizzax viloyat DSB boshlig‘i A.Ishnazarovning Arnasoy tumanidagi Gulbahor qishloq fuqarolari yig‘inida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xalq bilan muloqoti turli muammolarga o‘z joyida echim topishning samarali usuli ekani yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. Sayyor qabulda davlatimiz rahbarining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida joylarda soliq idoralaridan tashkil topgan 4-sektor rahbarlari samarali faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi. “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan tamoyil asosida ish yuritayotgan soliqchilardan aholi mamnun. Murojaatlar asosan, bankdan kredit olish, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, turar joy, kommunal xizmat, sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimiga aloqador masalalar, pensiya va nafaqa ta’minoti, tadbirkorlik rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar xususida bo‘lib, ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi.

– Yangi imorat qurish, tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish uchun er uchastkasi ajratilishi bo‘yicha qilgan murojaatim tezda hal bo‘ldi, – deydi yosh tadbirkor Shoxrux Yoqubov. – Bu reja amalga oshsa, 10 dan ziyod kishining bandligi ta’minlanadi. Murojaatlarni samarali hal etishning bunday zamonaviy tizimi yo‘lga qo‘yilganidan barchamiz xursandmiz.

Qabulda 55 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi. 29 ta murojaatni xal etish zarur vaqt talab qilishi hisobiga nazoratga olindi. 10 ga yaqin murojaat joyida mas’ullar ishtirokida echilgan bo‘lsa, ayrim fuqarolarga tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Yo‘llarni asfaltlash, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 

25.06.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar