2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Har bir murojaat echimi xalqning ishonchini mustahkamlaydi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.Mahkamov Karmana, Navbahor va Qiziltepa tumani aholisi murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyili asosida har bir hududda ayniqsa, chekka qishloqlarda ham davlat organlari, sektor rahbarlari ishtirokida xalq bilan muloqotlarning tashkil etilishi joylarda yig‘ilib qolgan hamda uzoq vaqdan beri o‘z echimini kutayotgan muammolarni ijobiy hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Shuning barobarida aholini huquqiy madaniyati shakllantirish, ularni boqimandalik kayfiyatidan xalos etishda bunday uchrashuvlar ayni muddao bo‘layotir.

Uchta tuman aholisi ishtirokida o‘tkazilgan qabulda 250 nafar fuqaro qatnashdi. Fuqarolar tomonidan qariyb 50 ta murojaat bildirilib, ularning aksariyati joyida hal etildi. 

Masalan, Navbahor tumani “Burqut” mahallasi fuqarolari nomidan Shukur Qobilov hududdan oqib o‘tuvchi kanal ustidagi ko‘prik cho‘kib avariya holatiga kelib qolganligi va bu masala yo‘l qurilishi tashkiloti va boshqa mutasaddilarning ham e’tiboridan chetda qolayotganidan shikoyat qildi. Navoiy viloyati Davlat soliq boshlig‘i A.Bozorov viloyat ko‘prik xo‘jaligini saqlashga ixtisoslashgan ta’mirlash-foydalanish korxonasi mutasaddilariga masalani jiddiy o‘rganib, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan topshiriq berdi.

Karmana tumani “Mir Said Bahrom” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi kollej bitiruvchisi Surayyo Mamatova bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini boshlab, muzqaymoq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Endilikda non va non mahsulotlari ishlab chiqarish va shirinliklar ishlab chiqarish tsexini ochish uchun 30 million so‘m imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so‘radi. 

– Sayyor qabulda tadbirkorlik faoliyatimni rivojlantirish maqsadida imtiyozli bank sarmoyasi olish istagini bildirganimda mazkur masala Karmana tumani Davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i nazoratiga olinib, qisqa fursatda ijobiy hal etiladigan bo‘ldi, – deydi S.Mamatova. – Aholi ayniqsa, men kabi yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, murojaat va muammolarini qat’iy nazoratga olib ijobiy hal qilib berayotgan mutasaddilarga rahmat aytaman. Mening tadbirkorlik loyihamni e’tiborsiz qoldirmaganidan mamnunman. Eng muhimi, ishlab chiqarish faoliyatimni kengaytirish natijasida mahallamizdagi pazanda opa-singillarimiz ham ishli bo‘ladi.

Shuningdek, murojaatchilar tomonidan uy-joy, soliq, oilaviy tadbirkorlik, yo‘l va boshqa kommunal xizmatlar, mahallalarda maktabgacha ta’lim muassasalari barpo etish, ayrim hududlarda qishloq vrachlik punktlarini qayta tashkil etish, “Obod mahalla” Davlat dasturi doirasida mahallalarni obod etish bilan bog‘liq muammolar muhokamaga qo‘yildi.

Jumladan, Qiziltepa tumani “Azizobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Valisher Abdullaev avtomobillar ehtiyot qismlari do‘koni tashkil etgan. Bugungi kunda tadbirkor avtombillarga texnik xizmat ko‘rsatish nuqtasini tashkil etish maqsadida loyiha tuzgan. Biroq er bilan bog‘liq muammo sabab sayyor qabulda mazkur masala yuzasidan amaliy yordam so‘radi. Tuman hokimi bu murojaatni o‘z nazoratiga olib, qisqa muddatda mutasaddilar va maxsus komissiya ishtirokida tadbirkorning muammosini hal qilib berishini bildirdi.

Uchrashuv davomida nogironligi bor shaxslarga nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari hamda vaqtincha ishsiz uy bekalariga imtiyozli kredit asosida tikuv dastgohlari tarqatilib, 200 dan ortiq kitoblar sovg‘a qilindi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat jamlanmasi berildi. 

Jumladan, Qiziltepa tuman “So‘fiyon” mahallasida yashovchi Gulnoza Safarovaga shu erning o‘zida tijorat banki tomonidan kredit rasmiylashtirilib, tikuv mashinkasi taqdim etildi.

Sayyor qabulda 4-sektor rahbari, Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Bozorov hamda Qiziltepa tumani hokimi Sh.Nabiev ishtirok etdi.

 

1X3A0263.JPG

 

1X3A0305.JPG

Navoiy viloyat Davlat soliq boshqarmasi
matbuot xizmati

O‘zA    

28.05.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar