
Surxondaryo viloyati hokimligida shahar va tumanlar hokimlarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, qurilish tashkilotlari, tijorat banklari hamda aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Uni viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshqarib bordi.
Yig‘ilishda 2019-yilda viloyatda jami 1001 ta arzon uy-joylar va kvartiralar qurilishi rejalashtirilgan. Ularning 881 tasi uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, 120 tasi fuqarolarning alohida toifalari (Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ichki ishlar organlari xodimlari) uchun quriladi.
Yig‘ilishda ushbu uy-joylar va kvartiralarni o‘z muddatida foydalanishga topshirish, shuningdek, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritilgan aholi punktlarini obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma ob’ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |