2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabulda koʻplab muammolar hal boʻldi

Olot tumanida Buxoro viloyati hokimi Oʻktam Barnoyev oʻtkazgan ommaviy sayyor qabulda 400 nafarga yaqin fuqarolar turli ijtimoiy -iqtisodiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan murojaat qildi. Aholi vakillarining yuzdan ziyodrogʻi viloyat hokimi qabulida boʻldi.

“Dilkor” mahalla fuqarolar yigʻini hududida beshta qishloq mavjud. Hududda maktabgacha taʼlim muassasasi yoʻq. Holbuki, bu yerda 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan 290 nafarga yaqin bolalar yashaydi.

 

–Bogʻcha muammosi bilan tumandagi turli mutasaddi idoralarga murojaat qildik, – deydi aholi vakillari nomidan murojaat qilgan Sharofat Mamatova. – Ammo masala yechim topmadi. Viloyat rahbari dardimizni tinglab, yaqin kunlarda maktabgacha taʼlim muassasasi bilan bogʻliq masalalarni oʻrganish hamda uning binosi qurilishini boshlash boʻyicha mutasaddilarga topshiriq berdi. Bundan tashqari, qishloqlarimizning ayanchli holga kelib qolgan, yozda chang, yogʻingarchilikda koʻlmakligi sabab yurish amri mahol boʻlgan yoʻllarini tartibga keltirish haqidagi murojaatimiz ham inobatga olindi. Yoʻllar tekislanib, shagʻal yotqiziladigan, kelgusi yilda esa bosqichma -bosqich asfaltlashtiriladigan boʻldi.

 

2.jpg

 

Turkmaniston Respublikasida yashab, oilaviy muammolar sabab Olot tumanidagi oʻzi tugʻilgan qishloqqa qaytgan Zulayxo Husainova fuqarolik pasporti yoʻqligi oqibatida muammolarga duch keldi. Singlisi, aniqrogʻi, kuyovining uyida yashasada roʻyxatga olinmadi. Buning bir tomoni ularning uy kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgani bilan ham bogʻliq. Rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan toʻlovga esa oilaning qurbi yetmagan.

 

–Men va kuyovim bir- biri bilan bogʻliq muammoni yechish uchun uzoq vaqt turli idoralarga murojaat qildik, – deydi Zulayxo Husainova. – Ammo bundan naf chiqmagach, boshimiz qotdi. Viloyat hokimi sayyor qabulida muammomiz hal boʻladigan boʻldi. Shu yerning oʻzida “Viloyatermulkkadastr” davlat korxonasining oʻz xoʻjalik mablagʻlari hisobidan kuyovim yashaydigan uyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berildi. Tuman ichki ishlar boʻlimining rahbarlari esa, yaqin bir oy mobaynida Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsga doimiy yashash guvohnomasi berilishini aytdi. Bu hujjat singlim va kuyovim uyida roʻyxatga olinishim, qolaversa, doimiy ish bilan taʼminlashim uchun asos boʻlarkan. Bilasizmi, dunyo koʻzimga keng boʻlib, uyga qaytmoqdaman.

 

Yana bir jihat. Sayyor qabulga viloyatning turli tumanlari aholi vakillari keldi. Ulardan biri romitanlik tadbirkor Toʻlqin Murodov. U xalqaro avtomobil yoʻlining “Qoqishtuvon” mahalla fuqarolar yigʻini hududidan oʻtuvchi qismiga yaqin joyda oʻziga tegishli binolar negizida motel, oshxona, dorixona va boshqa xizmat koʻrsatuvchi shoxobchalardan iborat kemping qurishni rejalashtirgan edi. Tadbirkor bu loyihani joriy yil boshida viloyat hokimi ishtirokida hokimlikda oʻtkazilgan investitsion loyihalar taqdimotida tanishtirgan. Shundan soʻng binolar taʼmirlanib, pardozlash ishlariga kirishildi. Ammo obyektlarni loyihalashtirish uchun zarur boʻlgan hokim qarorini olishda anglashilmovchiliklar oqibatida muammo tugʻilgan. Holbuki, kempingni joriy yil oxirigicha ishga tushirish uchun har bir kun gʻanimat. Tadbirkor murojaatini tinglagan viloyat hokimi shu joyning oʻzida Romitan tuman hokimiga qoʻngʻiroq qilib, masalani uch kun ichida oʻrganib, hal qilish boʻyicha koʻrsatma berdi.

 

6.jpg

 

Sayyor qabul jarayonida fuqarolarning ishga joylashish, toza ichimlik suvi bilan taʼminoti, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida imtiyozli kredit olish va boshqa muammolar, salomatlikni tiklash hamda uy-joy, moddiy yordam kabi masalalarga oid koʻplab murojaatlari tinglandi.

 

Tadbir doirasida viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi va tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazildi. 500 dan ziyod fuqaro qatnashgan koʻrikda ikki kishiga statsionar sharoitda davolanish uchun yoʻllanma, ayrim fuqarolarga esa ambulatoriya sharoitida sogʻligʻini tiklash boʻyicha tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, ehtiyojmand kishilarning 35 nafari nogironlik tayanch aravachasi, 23 nafari eshitish moslamasi, 11 nafari tayanch vositalari bilan taʼminlandi.

 

Shuningdek, qabul doirasida mehnat yarmarkasi ham oʻtkazildi.Unda fuqarolarga 32 ta korxona tomonidan 125 ta boʻsh ish oʻrni taklif etildi. 10 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yoʻllanma berildi. 30 nafar fuqaroning muqim ish oʻrni va daromad manbaiga ega boʻlishi boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirildi.

 

Sayyor qabulda aholi boshqa sektor rahbarlari, Oʻzbekiston Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri hamda barcha korxona va tashkilotlar mutasaddilariga ham oʻnlab muammolar yuzasidan murojaat qildi. Barcha masalalar oʻrganilib, ularning yechimi yuzasidan masʼullar biriktirildi. Uchrashuv doirasida Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi va adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan aholiga huquqiy maslahatlar berildi.

 

Amaliy natijalar bilan yakunlangan sayyor qabul fuqarolarning roziligini taʼminlash va aholining davlat idoralariga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

7.jpg

 

12.jpg

 

Erkin Yodgorov, Tohir Istatov (surat), OʻzA

30.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar