2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ilg‘or hudud loyihasi – amalda. G‘allaorolning yangi manzarasi

Jizzax viloyatida mavjud 13 ta tumandan 12 tasining markazi qayta qurilib obodonlashtirilmoqda.

Bundan o‘tgan yili tajriba-namuna sifatida obodonlashtirilib yangilangan Mirzacho‘l tumani markazi – Gagarin shahrigina mustasno xolos.

 

G‘allaorolda bo‘layotgan o‘zgarishlar boshqa hududlarga qaraganda ko‘zga tezroq tashlanadi. Boisi mamlakatimiz poytaxtini respublikamizning shimoliy va janubiy viloyatlar bilan bog‘lovchi temiryo‘l ham, avtoyo‘l ham ushbu tuman markazi orqali o‘tadi.

 

Shu kunlarda Toshkentdan Termiz, Nukus tomonlarga poezd yoki avtomashinada G‘allaorol tumani markazi orqali o‘tgan kishi u tomonga borayotganida boshqa, qaytayotganlarida yana boshqa manzarani ko‘rishi mumkin. Uzoq yillar davomida o‘zgarish kuzatilmagan tuman markazi qiyofasi hayratlanarli darajada tez sur’atlar bilan yangilanayotir. 

 

DSC_1210.JPG

 

Tuman markazini o‘tgan ellik yildan ziyodroq davr davomida qayta qurish masalasi bir necha marta ko‘tarilgan bo‘lsada, bu ish turli sabablar bilan orqaga surilib kelingan edi. Odamlar eskirgan inshootlar, tor ko‘chalar, nachor infiratizim yuzaga keltirgan noqulayliklarga sabr-toqat qilib, boshqa hududlarda bo‘layotgan o‘zgarishlarga xavas bilan yashab kelayotgandi. Ayniqsa Mirzacho‘l tumani markazini qayta qurishdagi kabi ishlarning bu yerda ham amalga oshirilishini umid bilan kutishardi. 

 

Va nixoyat shunday kutilgan ishlar boshlandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joriy yil yanvar oyida Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida Gagarin shahrida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, bu tajribani barcha tumanlarda qo‘llash taklifini bildirgan edi. Dalvatimiz rahbarining 2019 yil 3 yanvardagi "Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish to‘g‘risida"gi farmonida Jizzaxda “Ilg‘or hudud” sinov loyihasini amalga oshirish vazifasi belgilab berildi. 

 

Ushbu farmon ijrosini ta’minlash bo‘yicha respublika hukumati tomonidan viloyatning barcha tuman markazlarini obodonlashtirish, infratizimini yangilash maqsadida har biriga 4 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilishi bu ezgu ishning muvaffaqiyatli boshlanishi bo‘ldi. Shu e’tibor tufayli viloyatning barcha tumanlari kabi G‘allaorolda boshlangan bunyodkorlik, yangilanish, o‘zgarishlar bu qadamiy maskanda yashayotganlar hayotiga yangi mazmun olib kirmoqda.

 

DSC_1218.JPG

 

Yangiga ega bo‘lish uchun eskisidan voz kechish, yangi quriladigan inshootlarga joy ochish kerak bo‘ldi. Uzoq yillar davomida qurilishi mumkin inshootlar qurib bo‘lgan, bo‘sh joy qolmagan G‘allaorolda eskini buzmasdan yangisini qurishning iloji yo‘q edi.

 

Har qanday nshootning buzilishi besaranjomlik, noqulaylik tug‘dirishidan tashqari, qo‘shimcha vaqt, mablag‘ talab qiladi. Bu yerda esa yuzlab inshootlarni buzishga to‘g‘ri keldi. Ammo g‘allaorolliklar bunday yangilanishni ko‘pdan orziqib kutayotganliklari uchun ko‘p yillar buyon foydalanib kelayotgan inshootlari buzilishiga norozilik bildirmay, yangi loyihani amalga oshirishda xokimiyat bilan oson kelishuvga erishdilar.

 

Keng jamoatchilikning qo‘llab-quvvatlashi tufayli buzilishi kerak bo‘lgan inshootlar sanoqli kunlarda buzib tashlandi. Buzilishga tushgan turar-joylar egalariga badal to‘lanib, yangi uchastkalar ajratilgan bo‘lsa, savdo, xizmat ko‘rsatish kabi noturarjoylar egallariga yangi qurilish uchun bepul yer maydonlari berildi.

 

Shu kunlarda tuman markazidagi Mustaqillik ko‘chasi kengaytirilib, eski uylar o‘rnida zamonaviy ko‘p qavatli inshootlar barpo etilmoqda. Bu yerda 5 ta 5 qavatli zamonaviy turarjoy joy qad rostlaydi. Ayni paytda uylarning poydevorini qurish ishlari tugallanayotir. 

 

Ushbu ko‘cha bo‘ylab tuman prokuraturasi, arxiv, davlat xizmatlari markazi idoralari, xususiy klinika binosi, xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi binolari qurilishi boshlandi. Markaziy ko‘chadagi oilaviy poliklinika, agrobank, mashiy xizmat uyi va boshqa tashkilot va korxonlarning binolarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Quruvchilar ko‘chasidaga yangi avtoshohbekat qurilishi davom etayotir.

 

DSC_1230.JPG

 

Tuman markazida o‘tgan asrning 60-70 yillarida qurilgan 55 ta ko‘p qavatli uyni ta’mirlash ishlari boshlandi. Hozirgacha 3 ta uyning tomini, 10 ta uyning fasad qismini ta’mirlash ishlari tugatildi. Uylarning hovlilarida tandirxona, sanuzel va qo‘shimcha inshoatlar qurilayotir. 

 

Buzish, qaytadan qurish ishlarining eng katta qismi markaziy dehqon bozori hududida amalga oshirilmoqda. Bozor hududidagi asalari uyasidek zich, biroq betartib joylashgan, shaharsozlik talablariga javob bermaydigan 400 taga yaqin katta-kichik savdo va xizmat ko‘rsatish inshootlari buzib tashlandi. Ularning o‘rnida shaharning bosh loyihasi asosida yangi zamonaviy do‘konlar va savdo majmualari barpo etilmoqda.

 

Hozirgacha bozor hududida jami 285 ta savdo do‘kondan iborat uchta 2 qavatli savdo majmuasi qurib bitkazildi. To‘rtinchi va beshinchi shunday majmualarning devorini ko‘tarish, oltinchisida poydevor quyish ishlari olib borilmoqda.

 

Bundan tashqari, tuman markazida tadbirkorlar tomonidan o‘z tashabbusi bilan 300 ga yaqin 2 qavatli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolarini qurish ishlari jadal davom etmoqda.

 

Bozor, savdo majmualari inshootlarining tezroq bitishini turli joylarda ijarada turib, aksariyati ochiq maydonlardagi muvaqqat palatkalarda savdo qilayotgan tadbirkorlar ham, vaqtinchalik noqulayliklarga duch kelayotgan xaridorlar ham sabrsizlik bilan kutmoqda.

 

DSC_1238.JPG

 

Bahorning dastlabki kunlarida boshlangan qurilish ishlari juda yuqori sur’atlarda olib borilayotir. Bu ishning boshida turganlar ham, quruvchilar ham yangi inshootlarni belgilangan muddatidan oldinroq bitirishni mo‘ljallashmoqda. Ammo aprel oyining seryog‘in kelishi bunga imkon bermadi. Surinkali yomg‘ir poydevor kotlovanlarini xovuzga aylantirgani, tomga chiqib bo‘lmasligi tufayli quruvchilar xaftalab kutib qolishiga to‘g‘ri keldi. 

 

– Qurilish ishlari belgilangan reja jadvaldan bir oycha oldinda borayotgan edi, yomg‘ir ancha susaytirib qo‘ydi, – deydi tuman xokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Mamarajabov. – Yomg‘ir paytlarida tashqarida bajariladiganlarini hisobga olmaganda, asosiy inshootlarda ish to‘htagani yo‘q. Ayni paytda bu qurilishlarda 500 nafarga yaqin quruvchi, 50 yaqin qurilish texnikasi to‘xtovsiz ishlamoqda. Barcha inshootlar albatta o‘z muddatida foydalanishga topshiriladi. Buning uchun qurilish ashyolari zaxirasi ham, texnika, ishchi kuchi ham yetarli. Eng muhimi buyurtmachilar ham, pudratchilar ham katta ishtiyoq va g‘ayrat bilan ishlayotir.

 

Markaziy bozordagi asosiy inshoot bitkazilgan savdo majmualarida atoturarjoylar, sanuzellar va boshqa zarur inshshotlar ham barpo etilib, xaridorlar va sotuvchilar uchun qo‘layliklar yaratilmoqda. Ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari boshlanmoqda.

 

– Tuman markaziy bozori yonida yashaganim uchun har kuni bir marta qurilishlarni aylanib, ko‘nglim tog‘dek ko‘tariladi, – deydi mehnat faxriysi Xonto‘ra Abdullaev. – Bugun tuman markazi butunlay qaytadan barpo etilayotir. Qisqa fursatda qad rostlayotgan zamonaviy inshootlar tuman qayofasini butunlay o‘zgartirib yubordi. Yurtning obodligi, elning faravonligi bu yeda yashaydigan barcha odamlarning baxti. Shunday ko‘rkam yurtda yashash baxt. Bu obodlik barchasi davlatimizning xalq faravonligi uchun berayotgan katta e’tibori tufayli albatta.

 

DSC_1240.JPG

 

Qurilishlarni moliyalashtirishning aniq manbalari yaratilgani tufayli ijtimoiy soha inshootlarini ta’mirlash ishlari ham muammosiz borayotir. Tuman hokimligining taklifiga respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘ hisobidan 44-o‘rta maktab, tibbiyot birlashmasi markaziy poliklinikasi, tibbiyot kolleji binolarini ta’mirlash, markaziy ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash, suv uzatadigan inshootiga 4 ta yangi nasos o‘rnatish ishlari boshlandi.

 

Hudddi shunday qurilish, obodonlashtirish ishlari tumanning boshqa hududlarida ham olib borilayotir. Jumladan, katta Toshket-Termiz avtomobil yo‘li bo‘yidagi Ko‘kgumbaz qishlog‘ida 77 savdo do‘konidan iborat ixcham savdo majmuasi, Mirzabuloq qishlog‘ida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi, “Yoshlar bog‘i” barpo etilmoqda.

 

Obodonlashtirish, qurilish, infratizim inshootlarini barpo etishda tumanga ko‘mak berish uchun birkitilgan respublika “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan katta xissa qo‘shayotir. “O‘zbekenergo” AJ tomonidan hududdagi podstansiyalarga yangi transformator keltirilib o‘rnatilmoqda, elektr uzatish tarmoqlari yangilanayotir. Shuningdek, obodlashtirish ishlari uchun tumanga 60 million so‘mlik xomiylik yordami ham ko‘rsatdi.

 

Shu kunlarda G‘allaorolda amalga oshirilayotgan bu qurilish, obodonlashtirish ishlari viloyatdagi keng ko‘lamli bunyodkorlik manzarasidan bir lavha. Bugun bu manzarani viloyatning barcha tumanlarida ko‘rish mumkin. 

 

T.Beknazarov, J.Yorobekov (surat), O‘zA

26.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar