2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
SAYYOR QABULLAR: murojaatlar hal etilyaptimi?

Oliy sud rahbariyatining joylarda aholi bilan sayyor qabullari davom etmoqda.

Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Oliy sud raisi o‘rinbosari X.Yodgorov va ishchi guruh a’zolari 13-14 aprel kunlari Surxondaryo viloyatida bo‘lib, Sherobod va Denov tumanlari hamda Termiz shahridagi Xalq qabulxonalarida fuqarolarni qabul qildi. Sherobod tumanidagi sayyor qabulda 63 ta, Denovda 153 ta, Termiz shahrida 66 ta, jami 282 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Shundan 213 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi, 6 ta murojaat joyida hal etildi. 40 ta ariza nazorat tartibida, 23 tasi o‘rganish uchun qabul qilindi.

 

photo5305787583281867341.jpg

 

Shuningdek, 13 nafar maxbus jazoni o‘tash joyidan muddatidan oldin ozod qilinib, oilasi bag‘riga qaytarildi. Ahloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va sinov muddatini o‘tayotgan 42 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod etildi.

 

photo5305787583281867342.jpg

 

Sayyor qabulda jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi ish yurituvidagi ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlanayotgan sudlanuvchi Abdullaev Jasurbek G‘afur o‘g‘liga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 3 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, sud zalidan qamoqdan ozod etildi. 

 

photo5307793968664259153.jpg

 

Jinoyatishlari bo‘yicha Termiz tuman sudi ish yurituvidagi ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlanayotgan sudlanuvchi Baxtyor Rajabovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan ish haqining 20 foizini davlat hisobiga ushlab qolgan holda 2 yilu 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, qamoqdan ozod etildi. 

 

photo5307793968664259154.jpg

 

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha 11 nafar shaxs javobgarlikdan ozod qilinib, ma’muriy ish tugatildi.

 

photo5307793968664259155.jpg

 

– Men Qiziriq tumani “Birdamlik” mahallasida istiqomat qilaman, – deydi Gulchehra Xo‘jaqulova, – Sayyor qabulga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudi qaroridan norozi bo‘lib murojaat qildim, qabulda meni tinglashib, Oliy sudga murojaat qilish huquqim tushuntirildi.

 

Sayyor qabulda fuqaro Salomat Aliboeva Oliy sud rahbariyatiga tashakkurnoma bildirdi. 

 

photo5307793968664259156.jpg

 

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida “Farzand – omonat” video filmi namoyish etilishi va olib borilgan suhbatlar natijasida alohida yashayotgan 2 ta er-xotin yarashtirilib, oilasi tiklandi.

 

Oliy sud raisi o‘rinbosari X.Yodgorov tomonidan Sherobod va Denov tumani Xalq qabulxonalariga, Termiz shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyiga huquqiy adabiyotlar to‘plami sovg‘a qildi. 

 

photo5307793968664259157.jpg

 

O‘zA

15.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar