2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Farovonlik sari yana bir qadam

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev joriy yilning yanvarь oyida Jizzax viloyatiga tashrifi chog’ida viloyatdagi barcha tuman va shaharlar markazlarini Mirzacho’l tumani markazi Gagarin shahri kabi obod va ko’rkam, aholi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan hududlarga aylantirish vazifasini qo’ygan edi.

O’tgan ikki oydan ziyodroq vaqt mobaynida bu borada amaliy ishlarga faol kirishilib, viloyat markazi Jizzax shahridan boshlab, tumanlar markazlari hamda chekka hududlarga qadar keng quloch yoydi.

 

Mamlakatimiz rahbarining tumanlar markazlarini obod qilishga qaratilgan tashabbusini Zarbdor tumani aholisi ham katta xursandchilik bilan qabul qilib, faol qo’llab-quvvatlamoqda. Uzoq yillar davomida yig’ilib qolgan og’ir muammolarni bartaraf etish uchun hozirgi kunda ko’plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.

 

Birinchi navbatda, tuman markazining zamonaviy shaharsozlik va arxitektura talablariga javob beradigan bosh loyihasi ishlab chiqildi. Bunda yangi uy-joylar barpo etish, mavjudlarini ta'mirlash, bugungi taraqqiyot darajasiga monand ijtimoiy soha ob'ektlari, yo’llar va piyodalar yo’laklari, aholiga xizmat ko’rsatish va dam olish maskanlari tarmoqlarini yuzaga keltirish, ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash bilan bog’liq katta hajmdagi qurilish-ta'mirlash ishlariga kirishilgan.

 

Tuman markazidagi shoh ko’cha – Mustaqillik ko’chasi tom ma'noda qurilish maydoniga aylangan. Loyiha asosida bu ko’cha kengaytirilmoqda. Yo’l bo’yidagi o’z umrini yashab bo’lgan eski turar-joylar, savdo nuqtalari olib tashlanib, yig’ilib qolgan chiqindilar hududda olib chiqib ketilmoqda. Mazkur ko’cha hamda markazdagi ko’p qavatli uylar atrofida hech qanday rejasiz qurib tashlangan qurilmalar bartaraf etilib, hudud to’liq tozalandi. Yana bir necha oydan keyin Mustaqillik ko’chasining ikki tomonida zamonaviy savdo markazlari, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari paydo bo’ladi.

 

Shular qatorida ko’cha bo’yida O’zbekiston davlat bayrog’i majmuasi, Xotira maydoni, 3 ta 4 qavatli uy, davlat xizmatlari markazi hamda boshqa bir qator ma'muriy binolar, bank-moliya muassasalari qad rostlaydi. Hozir mazkur ob'ektlarda tuproq ishlari yakuniga yetkazilib, poydevor quyish yumushlari davom etmoqda.

 

Mustaqillik, Tinchlik va Oybek mahallalaridagi 50 dan ziyod ko’pqavatli uylar ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan, deyarli har bir uy atrofida noqonuniy qurilmalarni uchratish mumkin edi. “Obod mahalla” dasturi asosida arxitektura talablariga zid holda qurilgan bunday binolarni bartaraf qilishga zarur ishchi kuchi va texnika vositalari jalb etilgan. Аyni paytda uylar tomi va fasadi yangilanib, deraza romlar almashtirilyapti. Uylarga kirish yo’laklarini betonlash, yangi eshiklar o’rnatish ishlari bajarilmoqda, namunaviy loyihalar bo’yicha tandir va o’choqxonalar, bolalar maydonchalari barpo etilmoqda. Uylar orasida yo’laklar yotqizish, ko’kalamzorlashtirish ishlari qizg’in olib borilmoqda. 

Hududda ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash maqsadida yangi tarmoqni tortish, mavjud quvurlarni rekonstruktsiya qilish, yangi quduqlar barpo etish va mavjudlarini ta'mirlash belgilangan. 

Davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida 4 ta maktabgacha ta'lim muassasasi barpo etilishi, tibbiyot birlashmasi, 1-sonli bolalar bog’chasi kabi bir qator ijtimoiy muassasalar binolari yangi ko’rinishga ega bo’lishi ham aholi uchun qo’shimcha qulayliklar yaratadi.

 

Аholi, ayniqsa, yosh avlod vakillarining bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish ham e'tibor markazida turibdi. Xususan, bosh rejaga muvofiq, tuman markazidan o’tuvchi “Jizzax-Qo’qon” avtomobilь yo’li bo’yidagi eski istirohat bog’i o’rnida yangi “Umid” bolalar istirohat bog’i bunyod etilyapti. 

 

Eski Bo’ston aholi maskanida 500 ish o’rniga ega bo’ladigan tikuvchilik korxonasi qurilishi olib borilyapti. Mazkur korxonada asosan shu yerda yashovchi, ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar ish bilan band bo’ladi. Tumandagi xotin-qizlar o’rtasida ishsizlik darajasi eng yuqori bo’lgan “Sharq yulduzi”, “Taraqqiyot”, “Yangikent”, “Oqar” qishloqlarida Mirzacho’l tajribasi asosida 250 ish o’rniga ega bo’lgan 4 ta tikuvchilik tsexi tashkil etiladi.

 

Jizzax viloyatning katta salohiyatga ega tumanlaridan biri bo’lgan Zomin bugungi kunda ilg’or jihatlarni o’zida mujassam etgan. Biroq, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari talablari nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, Zominda kommunal sohani, ayniqsa, zamonaviy ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini yaratish, ularning benuqson ishlashini ta'minlash birlamchi vazifalardan ekani ayon bo’ladi. Аna shundan kelib chiqqan holda bu sohada yuksak texnologiyalarni qo’llashga keng o’rin berilmoqda. Turkiya texnologiyasi asosida bir kunda 400 metr kub oqava suvni zararsizlantirish hamda qishloq xo’jaligi maqsadlarida foydalanishga yo’naltirishga mo’ljallangan suv tozalash inshooti fikrimiz tasdig’idir. Hozirda qurilishning birinchi bosqich ishlari yakunlangan. “Bioland” suv tozalash inshooti yaxshi samara berishi bilan birga, atrof-muhitga bezarar ekani bilan ham alohida ajralib turadi.

 

Zomin tumanida aholi uchun qulay muhit yaratish bilan birga, bandlikni ta'minlash, hudud ishlab chiqarish salohiyatini oshirish maqsadida yirik quvvatli zavod va korxonalar tashkil etishga ham katta e'tibor berilayapti.

 

Misol uchun, Dashtobod shaharchasida uzoq yillar bo’sh yotgan 40 gektar yerda barpo etilayotgan “Zomin-tsement” korxonasi shaharchadagi ilk sanoat korxonasi bo’ladi. 136 million 700 ming yevro qiymatidagi mazkur noyob loyihaning amalga oshirilishi 400-chidan 700-chi markagacha bo’lgan yuqori sifatli tsement ishlab chiqarish imkonini beradi.

 

Laylakuya qishlog’ida yana bir yirik korxona – “Zomin maxsus plita” zavodi qurilishi jadal olib borilmoqda. Ispaniya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur sanoat ob'ektida uy-joy qurilishi uchun temir-beton mahsulotlari tayyorlanadi. 12 million АQSh dollari qiymatidagi loyiha doirasida Ispaniya va Italiyadan keltirilgan eng zamonaviy texnologik liniyalar ishga tushiriladi. 

 

Dashtobodda yangi quvvatlarni tashkil etish barobarida hudud qiyofasini tubdan o’zgartirishga qaratilgan ishlarga ham faol kirishilgan. O’tgan asrning boshlarida temir yo’l bekati va unga yondosh aholi punkti sifatida paydo bo’lgan mazkur aholi punkti yillar o’tishi bilan shaharcha maqomini olgan bo’lsa-da, yillar davomida bu yerda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay sharoit yaratish borasida sezilarli bir ish qilinmagan. Shaharsozlik talablariga javob bermaydigan bino va inshootlar, toru tang ko’chalar o’zgarmasdan qolavergan. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uning hayotida yangi sahifa ochib, chin ma'nodagi bahoriy yangilanish, yasharish nafasini olib keldi. Dastlab “Ziyo” deb nomlanuvchi markaziy ko’cha bo’yidagi eski, pastqam uylardan voz kechilib, ularning o’rnida barcha sharoitlarga ega yangi uylar qad rostladi. Shaharchaga ko’rk bag’ishlayotgan 134 ta uylar kaliti tez kunlarda o’z egalariga topshiriladi. Barcha sharoitlarga ega bu yangi ko’rkam uylarga tezroq ko’chib kirishni istayotgan uy egalarining quvonchini ta'riflashga so’z ojiz.

 

Haqiqatan ham, bu yerdagi obodonchilik ishlari insonlar qalbiga o’zgacha iliqlik va bahoriy kayfiyat olib kirmoqda. Tartibsiz, eski, suvog’i ko’chgan 79 ta uy ko’cha bo’yini to’ldirib turgan Qorasoch Otaqulova ko’chasida ham bunyodkorlik ishlari boshlangan. Ixcham, zamonaviy 92 ta uy shu yilning o’zida qurib bitkaziladi, bundan tashqari zamonaviy bozor, 50 o’rinli mehmonxona, minimarket, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari hamda tikuvchilik majmuasi ishga tushiriladi. Uzoq yillardan beri biron bir yangilik nafasini sezmagan aholi bu o’zgarishlardan nihoyatda mamnun.

 

Xulosa qiladigan bo’lsak, viloyat tumanlari markazida quruvchilar keng axoli qatlami hamjihatligida katta hajmdagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga bel bog’lashgan. Maqsad - markazlarni Gagarindan qolishmaydigan ko’rkam va zamonaviy shaharga aylantirish. Demak, tez fursatlarda shaharlarning ko’rinishi tamomila o’zgaradi. Eng muhimi, odamlarning turmush darajasi yuksalishiga, farovonligi oshishiga yana bir muhim qadam qo’yiladi.

 

O’zА

12.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar