
Prezident Shavkat Mirziyoevning joriy yil 11 yanvarda Samarqand viloyatiga tashrifi davomida o’tkazilgan yig’ilish bayonida Payariq tibbiyot kollejining foydalanilmayotgan yotoqxona binosini uy-joyga moslashtirib ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo’lgan shaxslarga berish bo’yicha chora-tadbirlar belgilangan edi.
Ushbu topshiriq bajarilib, kollejning ikki qavatli yotoqxona binosi qayta ta'mirlandi va 33 nafar nogironligi bo’lgan, kam ta'minlangan, uy-joyga muhtoj oilalarga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Samarqand viloyati hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi G.Аlimova, Payariq tumani hokimi D.Musinov va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
– Ikkinchi farzandimni dunyoga keltirgach, ko’zim ojiz bo’lib qoldi, – deydi To’polos mahallasida yashovchi Gulsanam To’raeva. – To’rt yildan beri onamnikida yashayman. Xalqimiz bejiz "O’z uying – o’lan to’shaging", deb aytmagan. Bugun shunday baxtga musharraf bo’ldim. Bu baxtni hadya etganlardan minnatdorman.
Shuningdek, ushbu binoda turmushida murakkab vaziyatga tushib qolgan, oilasida zo’ravonlikka duch kelgan ayollar va ularning farzandlari uchun "Аyollar ijtimoiy moslashuv maslahat markazi" ham o’z faoliyatini boshladi.
O’zА
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |