
Navro‘z xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir. Elimizning ko‘p asrlik urf-odatlari, orzu-intilishlarini ifoda etib kelayotgan Navro‘z mustaqillik yillarida yangicha mazmun-mohiyat kasb etdi, mamlakatimizda yashayotgan barcha millatlar orziqib kutadigan umumxalq bayramiga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mamlakatimizda bu ayyomga katta tayyorgarlik ko‘rildi.
Navro‘z bayrami hamma joyda – Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shahar, tuman, qishloq va ovullarda umumxalq sayillari shaklida o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahridagi asosiy bayram tadbirlari “O‘zekspomarkaz” bog‘ida bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi.
“O‘zekspomarkaz” hududi bayramona bezatilgan. Mehmonlar uchun ayvonchalar, san’atkorlar uchun sahnalar tashkil etilgan.
Bu erda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, hukumat a’zolari, turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari jam bo‘lgan.
Bu yilgi bayram har galgidan boshqacha bo‘ldi. Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston va har bir viloyat uchun alohida joy ajratildi. Unda har bir hududning o‘ziga xos san’ati, an’analari, hunarmandchiligi, taomlari namoyish etildi.
Falьklor-etnografik jamoalarning chiqishlari, milliy o‘yinlar, odamlarning o‘yin-kulgulari barchaga zavq-shavq ulashdi.
Shavkat Mirziyoev odamlar bilan ko‘rishib, suhbatlashdi. Bog‘ bo‘ylab har bir hududning badiiy chiqishlarini tomosha qildi. Barchani Navro‘z bayrami bilan tabrikladi. Yurtimizga qut-baraka, xalqimizga tinchlik-farovonlik tiladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |